Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya poytaxtida to‘rt kun ichidagi ikkinchi portlash sodir bo‘ldi
Daniya poytaxti Kopengagenda so‘nggi to‘rt kun ichidagi ikkinchi portlash sodir bo‘ldi. Hodisa 10 avgust kuni Nyorrebro rayonidagi politsiya uchastkasi yonida yuz bergan. Natijada binoga kirish eshigi va derazalar shikastlangan. Portlash sodir bo‘lgan vaqtda binoda hech kim bo‘lmagani uchun odamlar jabrlanmagan.
"Bu shubhasiz, qasddan amalga oshirilgan ish", - dedi politsiya inspektori Yorgen Bergen Skov. Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Portlashdan bir oz vaqt o‘tib politsiya uchastkasi yonidan qochib ketayotgan erkakni ko‘rishgan. Politsiya uni qidirmoqda.
Daniya poytaxtidagi birinchi portlash 6 avgustda sodir bo‘lgandi. Oqibatda soliq idorasi binosiga jiddiy shikast yetgan va bir kishi jarohatlangan. Politsiya hozircha ikki portlash orasida bog‘liqlik mavjudligi haqida gapirishga erta ekanligini aytmoqda.
Shuningdek, 7 avgust kuni Kopengagendan bir soatlik masofada joylashgan Shvetsiyaning Landskron shahrida portlash yuz bergandi.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026