O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV saytida xabar berilgan.

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:

Ulug‘bek Bahrom o‘g‘li Xudoyberganov

podpolkovnik Ulug‘bek Bahrom o‘g‘li Xudoyberganov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Boborahim Egamberdiyevich Mirzayev

podpolkovnik Boborahim Egamberdiyevich Mirzayev - Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

O‘ktam Yodgorovich Mustafoqulov

podpolkovnik O‘ktam Yodgorovich Mustafoqulov - Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Oybek Turg‘unovich Abdullayev

podpolkovnik Oybek Turg‘unovich Abdullayev - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Muzaffar Shomurotovich Otanazarov

podpolkovnik Muzaffar Shomurotovich Otanazarov - Toshkent shahar Mirobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga.

Bundan oldin, Toshkent viloyatida 4ta tumanda IIB boshlig‘i o‘zgargani xabar qilingandi.