Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In Özbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasini qutlar ekan, joriy yil aprel oyida Özbekistondagi iliq va samimiy qabul uçun Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevga yana bir bor öz minnatdorligini bildirdi.
Mun Çje In Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar va yangilanişlarga yuqori baho berdi, deyiladi xabarda.
Koreya Respublikasi prezidenti ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar barça yönalişlarda faol rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Davlat rahbarlari örtasidagi yaqin va işonçli aloqalar Özbekiston-Koreya munosabatlari alohida strategik şeriklikning yangi poğonasiga kötarilişiga zamin yaratdi.

Uçraşuvda Mun Çje In taşrif doirasida erişilgan kelişuvlar muvaffaqiyatli röyobga çiqarilayotganini, Özbekistonda ularni amalga oşiriş uçun monitoring guruhi taşkil etilganini ta'kidlab, bu borada yuzaga keladigan barça masalalarni şaxsan özi hal etişga tayyor ekanini bildirdi.
Özbekistonda turli millat va elat vakillari tinç-totuv yaşayotganligini ta'kidlar ekan, Koreya yetakçisi Özbekistonda koreys millati vakillariga körsatilayotgan iliq munosabat uçun Özbekiston xalqiga yana bir bor öz taşakkurini izhor qildi.
Uçraşuv yakunida Mun Çje In Özbekiston Respublikasi prezidentiga çuqur hurmati va ehtiromini izhor qildi, özaro aloqalarni yanada mustahkamlaşga umid bildirdi va Şavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasiga taşrif buyurişini taklif qildi.

















