YuNeSKO butunjahon nomoddiy boyliklari ro‘yxatiga kiritilgan Neapol pitssasi, molekulyar oshxona ovqatlari, yangi ta'mdagi sharbat va yaxna ichimliklar, milliy va Yevropa taomlari – bularning hammasi No Comment’da muhayyo.
Toshkentda ish boshlagan No comment pitsseriya-restorani ziyorat turizmi bo‘yicha O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan musulmonlar soni ortib borishi, mahalliy aholi orasida halol standartlariga mos taomlarga talab ko‘pligini inobatga olib, katta tanlovni mijozlarga taklif qiladi.



«Bu g‘oya shunchaki paydo bo‘lmadi: umumiy ovqatlanish sohasida zamonaviy va yangiliklarga boy kafe-restoranga talab tinimsiz o‘sib bormoqda. So‘nggi yillarda aholi daromadlari ortishi bilan ovqatlanish maskanlari sifatiga talab oshgan, iste'molchilar turli qulayliklar bilan noan'anaviy takliflarni kutishmoqda»,— deydi No comment asoschilaridan biri.



No comment pitsseriya-restoranida Neapol pitssasi O‘zbekistonga ilk marta tashrif buyurgan italiyalik mutaxassis Paola va Rikardo tomonidan tayyorlanadi. Pitssa tayyorlashni san'at darajasiga olib chiqqan italyan oshpazlari pitssa tayyorlash sirlari haqida biroz ma'lumot berdi:
«Pitssa aylanma yopiq pechda tayyorlanishi kerak. Uning xamiri quruq bo‘lmaydi, shuningdek pitssa tayyorlashda pichoq ishlatilmaydi. Namlik darajasi yuqori bo‘lgan xamir qo‘lda yoyiladi va unga qadimiy retseptlar asosida ishlov beriladi. Masalliqlarning deyarli barchasi maxsus va qat'iy sir saqlanadigan retseptga asosan qo‘shiladi. Bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy Neapol pitssasi uchun endi Italiyaga borish shart emas. Siz No Comment’ga keling», – deydi Rikardo.
























