“Men u tez orada keladi, deb o‘ylayman”, dedi Tramp jurnalistlarga. U Zelenskiyni o‘zi uchun qulay vaqtda Oq uyga tashrif buyurishga taklif qilganini eslatib o‘tdi. 

Iyun oyida Zelenskiy Trampdan Vashingtonga rasmiy tashrif buyurish taklifini olgan. Zelenskiyning matbuot xizmati u amerikalik hamkasbiga taklif uchun minnatdorligini bildirganini ma'lum qilgan.