AQShda sigir sutidan futbolka yaratildi

Foto: Kickstarter
Kaliforniyaning Mi Terro startapi sut mahsulotlari qoldiqlari uchun tatbiq topdi: sut mato ishlab chiqarish uchun xomashyoga aylandi. Bu haqda New Atlas nashri xabar berdi.
Har kuni sut zavodlari u yoki bu sabablarga ko‘ra iste'mol uchun yaroqsiz holga kelgan sutni utilizatsiya qiladi. Mi Terro esa bu sutning bir qismini futbolkalar yaratish uchun qo‘llashga qaror qildi va Limitless Milk Shirt futbolkalari partiyasini ishlab chiqardi. Har bir futbolkani tayyorlash uchun 5 stakan sut talab qilingan.
Startap xodimlarining ta'kidlashicha, futbolkalar paxta matosidan tayyorlangan futbolkalardan yumshoqroq, bakteriyalarga qarshi xususiyatlarga ega, namni shimib oladi, ultrabinafsha nurlanishni to‘sadi va barcha yo‘nalishlarda cho‘ziladi. Bundan tashqari, matodagi mikrocho‘ntaklar evaziga futbolka noxush hidlarni ushlab qoladi va havo oqimini optimallashtirishga imkon beradi.
Hozirda futbolkalar uchun Kickstarter platformasida mablag‘ yig‘ilmoqda. Antiqa futbolkani 59 dollardan sotish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

23:01 / 11.11.2023
Ixtirochilar futbolka-televizor loyihasini taqdim qilishdi

11:06 / 18.08.2023
Yaponiyalik yigit issiqda futbolkani yelpib turadigan qurilma yasadi

17:46 / 01.07.2021
ZTE “aqlli” futbolka chiqardi

17:58 / 11.10.2017