Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Captiva»da chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan shaxs uyiga sog‘-salomat qaytarildi - IIV
Joriy yilning 1 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Beltepa mahallasida yashovchi 19 yoshli K.U. o‘zining “Captiva” rusumli avtomashinasida uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilingandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida hamda fuqarolar bergan ma'lumotlarga asosan K.U. Mirobod tumanida joylashgan Toshkent Temiryo‘l muhandislari instituti oldidan topilib, sog‘-salomat oila a'zolari bag‘riga qaytarildi. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.
“O‘z o‘rnida, ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi IIV ma'lumotida.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026