O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan tabriklar kelmoqda.

Prezident matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu tabriklarda O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va gullab-yashnash istaklari bildirilgan.  

Xususan, o‘z tabriklarini yo‘llaganlar: 

-  Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi Nursultan Nazarboyev;

- Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev;

- Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov;

- Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon;

- Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

- Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev;

- Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani;

- BAA prezidenti Shayh Halifa bin Zoid Ol Nahayon;

- Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy;

- Bahrayn podshohi Hamad bin Iso Al Halifa;

- Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jabir as-Saboh;

- Falastin prezidenti Mahmud Abbos;

- Jazoirning vaqtinchalik prezidenti Abdulqodir Binsaloh;

- BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayh Muhammad bin Rashid Ol Maqtum;

- BAA qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi amirligi valiahd shahzodasi Shayh Muhammad bin Zoid Ol Nahayon.

Prezident matbuot xizmatida ta'kidlanishicha, tabriklar kelishda davom etmoqda.