Özbekistonda 17-18 avgust kunlari umumxalq xayriya haşari ötkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, hukumatning farmoyişiga asosan 2019 yilning 15-30 avgust kunlari mamlakatning barça hududlarida obodonlaştiriş va tozalik oyligi deb e'lon qilindi.
Şuningdek, farmoyiş bilan 17-18 avgust kunlari umumxalq xayriya haşarini ötkaziş belgilandi.
Ma'lumot uçun: Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 349-son Qaroriga muvofiq, haşar faqat ixtiyoriy asosda ötkazilişi belgilangan. Haşarni ötkaziş uçun umumxalq haşarini ötkaziş töğrisida Prezidentning tegişli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bölişi şart.
Haşarlar unda iştirok etadigan şaxslar mehnat qiladigan tegişli taşkilot hududida mehnatni muhofaza qiliş va xavfsizlik normalariga qat'iyan rioya etilgan holda ötkaziladi. Haşarlar doirasida boşqa turdagi jamoat işlari, şu jumladan, quriliş-ta'mirlaş işlariga majburiy jalb etişga yöl qöyilmaydi.

















