Shavkat Mirziyoyev keyingi hafta boshida Qoraqalpog‘istonga borishi kutilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati
12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Selektor davomida prezident keyingi hafta boshida Qoraqalpog‘istonga borishi rejalashtirilganini aytdi.
«Keyingi hafta boshida Qoraqalpog‘istonga borishni rejalashtiryapmiz. Davlat maslahatchilari borib kelishdi va biz katta reja bilan boramiz. Koreya va Xitoy elchilari ham bo‘lishadi. Ikki yilda Qoraqalpog‘istonda ko‘p ish qildik, lekin yanada ko‘proq ishlar qilishimiz kerak. Bu hududda 333 million dollar investitsiya aslida ko‘p emas, natijalar ancha ko‘p bo‘lishi kerak.
Oldin Qoraqalpog‘istonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya 400 million dollarni tashkil qilishi mumkinligini tasavvur qila olmasdik. 400 million emas, 4 million ham bo‘lmasdi axir. Ammo buning iloji borligini ko‘ryapmiz, shundaymi? 150 million eksportning ham imkoni bor ekanmi? Bor ekan. Biroq biz natijalarni ikki baravarga orttirishimiz kerak.
Hamma hududlar investitsiya jalb qilishi kerak. Investitsiyani faqat vazirlar topmaydi-ku, hamma harakat qilishi kerak», — deb prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun sall-markazni ishga tushirdi
Jamiyat | 19:00
-
Sud Yakkasaroyda aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan mehmonxona qurilishini vaqtincha to‘xtatdi
Jamiyat | 18:50
-
Qamchiq dovonida Cobalt xandaqqa tushib ketdi
Jamiyat | 18:45
-
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi
Jahon | 18:44
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

13:16 / 07.02.2025