Afğoniston vitse-prezidenti general Abdulraşid Döstum prezident Aşraf Ğanining saylov kampaniyasini tanqid ostiga olib, Ğanini davlat zaxiralaridan noqonuniy foydalanişda aybladi. 

Döstum Qurbon hayit munosabati bilan sözlagan nutqida “Davlat quruvçisi” bloki yetakçisi bölgan Ğani huquq-tartibot tuzilmalaridan milliy birlik hukumatini taşkil etiş vaqtida tuzilgan kelişuvlarga zid ravişda foydalanişini aytgan. 

Özbek generalining aytişiça, Afğoniston prezidenti saylovoldi nutqlaridan birida aholiga qonunni buzuvçi özboşimça avtoritetlarga qarşi kuraşişni va'da bergan. Döstumning aytişiça, Ğanining bu sözlari unga qaratilgan bölgan.

“Bizdan qaysi birimiz diktator – bizmi yoki “Davlat quruvçisi” jamoasimi? Siz davlat zaxiralarini suiiste'mol qilasiz. Siz bojxona mablağlaridan foydalanasiz. Siz hukumatga tegişli samolyotlardan foydalanasiz”, deb savol bilan yuzlangan Döstum. 

Generalning aytişiça, prezidentning harakatlari na afğon, na xorijiy siyosatçilar tomonidan ma'qullanadi. U, şuningdek, Ğani blokiga vitse-prezident lavozimiga nomzod sifatida kirgan sobiq içki işlar vaziri Amrulloh Salohning bu tanlovini qoralagan. 

Avvalroq ma'lum qilinganidek, saylov kampaniyasining birinçi kuni Salohning ofisi jangarilar hujumiga uçragan, bu 20 kişining halok bölişiga olib kelgan. Döstum öz nutqida buni ham eslab ötgan.

“Davlat quruvçisi” blokini qöllab-quvvatlovçi har qanday ulamo xatoga yöl qöyadi. Men Amrulloh Salohning tanlovidan qayğudaman. Men uning jamoasiga qaraşli odamlarning ölimidan qayğudaman”, deb ta'kidlab ötgan Döstum.

Döstum Afğonistonda 14 oy bölmagandan keyin 2018 yil u yerga qaytgan. Generalning bunday uzoq vaqt bölmagani afğon siyosiy doiralarida surgun deb baholangan. Döstum ayni vaqtda 2014 yildagi saylovlarda Ğanining boş raqibi bölgan boş vazir Abdulloh Abdulloh bloki iştirokçilari qatoriga kiradi.