Jamiyat | 15:20 / 14.08.2019
10252
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda talonchilik qilgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2019 yil 9 avgust kuni soat 11:45larda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Gulbog‘ qishlog‘ida yashovchi 23 yoshli D.S., Surxondaryo viloyati Uzun tumani Mustaqillik ko‘chasida yashovchi 24 yoshli M.R., Uzun tumani Mustaqillik ko‘chasida yashovchi 24 yoshli N.E. va Denov tumani Surnaytepa mahallasida yashovchi 26 yoshli A.B.lar, Toshkent shahrining Sergeli tumani Do‘stlik 2-daha hududida joylashgan avtobus bekati oldida Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 34 yoshli Sh.P. ismli ayol va Andijon shahar Uchqun ko‘chasida yashovchi 29 yoshli M.T.ning 42 000 000 so‘m pullarini talonchilik yo‘li bilan olib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida talonchilarning barchasi ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid