Kun.uz saytida joriy yilning 11 fevral kuni «Paxtaçidagi abgor yöl yoxud Samarqand viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasining «ajoyib» xati» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Unda Paxtaçi tumanidagi «Sardoba» va «Quvondiq» mahallalari orasidan ötgan içki yölning abgor holati, yozda çang, yoğingarçilik kunlari loy va balçiqqa aylanişi, bu esa aholi va avtomobillar qatnoviga noqulaylik tuğdirayotganligi, ayniqsa, şu yöldan darsga qaytayotgan maktab öquvçilari qiynalayotganligi yoritilgan edi.


Uşbu tanqidiy maqoladan söng Samarqand viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi boşliği Q.Hasanov mazkur maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan Paxtaçi tumanidagi 4K562 «M-37 avtomobil yölidan Sultonobod-Abdiamin» mahalliy yölini ta'mirlaş işlari 2019 yil 12 fevralda boşlanişi haqida tahririyatga ma'lumot bergandi.
Boşqarma tomonidan taqdim etilgan ma'lumotni joyida örganganimizda haqiqatan ham yölni ta'mirlaş işlari boşlanganligiga guvoh bölgandik.

Boşqarma boşliği Q.Hasanov imzosi bilan aholi murojaatlariga yöllagan javoblarida «Quvondiq» mahallasi hududida joylaşgan umumfoydalanuvdagi yölni ta'mirlaş 2019 yil I çoragida joriy ta'mirlaş mablağlari hisobidan Paxtaçi TYFUK tomonidan ta'mirlanişi bildirilgan.
Örganişimiz davomida Q.Hasanov uşbu yöl ta'mirini belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazişga va'da bergandi. Ammo bu va'da bajarilmay qoldi.
Uşbu masala yuzasidan mahalla aholisi tahririyatga takroriy murojaat yölladi.
Murojaatni örganiş davomida ma'lum bölişiça, ayni vaqtda yölning bir qismi ta'mirlangan, biroq yakuniga yetmay qolib ketgan. Asfalt uçun tayyorlab qöyilgan köçadan kötarilgan çang aholi uçun noqulayliklar tuğdirmoqda. Ayniqsa, allergik kasalliklari bor bölgan fuqarolar bundan aziyat çekmoqda. Bir neça oydan buyon yöl ta'miri töxtab qolgan.
















