Kun.uz sayti vakillarining jurnalistlik faoliyati davomida Toşkent şahar Olmazor tumani hokimi örinbosari tomonidan tazyiqqa uçragani haqida material e'lon qilingandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi uşbu holat böyiça rasmiy munosabat bildirdi.

“Afsuski, bunday holatlar ayrim mansabdor şaxslarning qonunlardan bexabarligini körsatib qöymoqda. Jumladan, Özbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi qonunning 5-moddasiga köra, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş taqiqlanadi.

“Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, jurnalist öz kasbiga doir faoliyatni amalga oşiriş çoğida, jurnalist tekşiruvi ötkaziş, mansabdor şaxs qabulida böliş, ma'lumotlarni belgilangan tartibda yozib oliş, şu jumladan, zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib oliş huquqiga ega.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mansabdorlarning OAV vakillariga nisbatan nomunosib harakatlarini qoralaydi. “Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 14-moddasiga köra, davlat idoralari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlarning mansabdor şaxslari jurnalistga tazyiq ötkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralaşganlik, jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini ğayriqonuniy ravişda olib qöyganlik uçun javobgarlikka tortiladi.

Jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta'minlaniş eng muhim va ustuvor vazifa sifatida yana kun tartibiga çiqmoqda. Zotan, u xoh mansabdor şaxs, xoh oddiy fuqaro, xoh jurnalist yoki bloger bölsin, qonun oldida hamma barobardir.

Özbekiston Respublikasida söz erkinligini ta'minlaş sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida davlat organlari vakillarining jurnalist va blogerlar bilan konstruktiv munosabatda bölişi, erkin axborot oliş imkoniyatini ta'minlaşi juda muhim. Çunki matbuot va söz erkinligi jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir”, - deyiladi agentlik munosabatida.

Bundan oldin, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Olmazor tumani hokimi örinbosari Abdurasul Vahabovni tahririyat xodimlariga davlat organi xodimiga xos bölmagan tarzda muomalada bölgani, bu bilan çeklanmay, ijodiy jamoa xodimlaridan videotasvirga olmaslikni talab qilib, operatorga taşlangani, tahririyatga tegişli texnik vositani sindirib taşlaganini keskin