Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashirilgan kumushlar bojxona chegarasidan o‘ta olmadi
Xalqaro aeroportlarimiz orqali harakatlanish chog‘ida bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida fosh etilmoqda.
Jumladan, “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postidan harakatlanayotgan fuqaro H.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxsning yuklari nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida ushbu qoidabuzar umumiy qiymati 15,5 million so‘mlik 620,22 grammga teng bo‘lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringanligi aniqlandi.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
09:00 / 10.06.2026