Bişkekning Pervomaysk tuman sudi 20 avgustda sobiq prezident Almazbek Atamboyevni 26 oktyabrgaça hibsda qoldiriş qarorini qabul qildi.  

Bu haqda yopiq sud majlisi yakunlariga köra jurnalistlarga Atamboyevning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi. 

Sayyor sud majlisi Milliy xavfsizlik davlat qömitasining Atamboyev 8 avgustdan beri uşlab turilgan tergov izolyatorida bölib ötgan.

Avvalroq Bişkek şahar sudi Atamboyevni 26 avgustgaça hibsda uşlab turişga qaror qilgandi. Şu tariqa sobiq prezident yana 2 oy panjara ortida ötkazadi.

Atamboyev 14 ta jinoiy iş böyiça ayblanmoqda. Uning advokatining ta'kidlaşiça, sobiq prezident tergov boşlangandan beri hali birorta savolga javob bermagan, çunki öziga qarşi harakatlarni noqonuniy deb hisoblamoqda.