Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati böyiça matbuot anjumani bölib ötmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov tadbirda valuta kursining oşişiga nima ta'sir körsatayotgani haqida gapirdi.
“Valuta kursi qiymatining oşib borişiga valutaga bölgan talabning ortib borişi ta'sir körsatmoqda. Lekin, öz navbatida bironta talab qondirilmay qolmayapti ham. 2018 yilda aholidan 3,5 mlrd dollar valuta sotib olingan.
Joriy yil 1 oktyabrdan biznes, tadbirkorlik sohasidagi bir qator imtiyozlarning bekor bölişi ham bunga ta'sir qilmoqda. Sababi, sönggi vaqtlarda mavjud imtiyozlar bekor bölgunga qadar maksimal foydalanib qolişga faol harakatlar bölyapti”, - dedi Markaziy bank raisi.
Uning sözlariga köra, inflatsiyani töxtatiş, narxlarni pasaytirişning yagona yöli - raqobat va investitsion erkinlikni kuçaytiriş.

















