Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati böyiça matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, valuta kursining özgarişi Özbekistonning taşqi qarzlarini tölaşga heç qanday ta'sir körsatmaydi.  

“Valuta kursida doimo kuçsiz tebranişlar kuzatilib turadi. Bu tabiiy hol, iqtisodiy şaroitlarga moslaşişga yordam beradi. Kursda kuçayiş yoki devalvatsiya bölsa, bu inflyatsion turğunlikni keltirib çiqaradi. 

Özbekistonning taşqi qarzi YaIMning 20 foiziga teng. Bu dunyo böyiça past körsatkiçlardan biri. Boşqa davlatlarda taşqi qarz YaIMning 60 foizigaça yetişini köriş mumkin. Şuningdek, davlat taşqi qarzlarining 90 foizdan ortiği 10 yildan uzoq muddatga olinganini ham inobatga oliş kerak.

Hozirda Özbekistonning taşqi qarzi 20 mlrd dollarga yaqin. Buning 7 mlrd dollarini banklardan olib kirilgan investitsiya liniyalari, 8 mlrd dollarini esa qöşma taşkilotlardagi asosiy korxonadan şö'ba korxonaga kiritilgan mablağlar taşkil etadi”, - dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.