Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tashkiliy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshqaruv xodimlarining umumiy soni 24 kishidan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiallari namunaviy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat asillik darajasini belgilash palatasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga berish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni tugallaydi.
Belgilanishicha:
Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining tasdiqnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi;
boshliq maqomiga, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
boshliqning Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat asillik darajasini belgilash palatasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Quyidagilar Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilandi:
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar yoki tarkibida ular mavjud bo‘lgan buyumlar muomalasi qoidalari buzilganligi uchun undiriladigan jarimalar;

















