Import örnini bosuvçi mahsulot işlab çiqariş davlat valuta zaxirasi çetga çiqişi oldini oladi – Mutaxassis bilan suhbat
|03:07 / 21.08.201914 31819 min
Içki va xorij bozorida talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqariş hajmini oşiriş, import miqdorini kamaytirib, eksportni köpaytiriş va bu orqali iqtisodiyotni rivojlantiriş davlat oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Uşbu mavzuga davlat rahbari ham e'tibor qaratib, yaqinda ötkazilgan videoselektor yiğilişida barça tarmoq va hududlar korxonalarida mahalliylaştirilgan tovar işlab çiqariş hajmini kelgusi 2 yilda kamida 20 foizga oşiriş, import uluşi yuqori bölgan tovarlarni mahalliylaştiriş böyiça dastur tayyorlaş zarurligi borasida ham töxtalib ötdi.
Kun.uz muxbiri Özbekiston sanoatida mahalliylaştiriş dasturi va işlab çiqariş tahlillari böyiça Savdo-sanoat palatasi mas'ul xodimi Ğafurjon Usmonov bilan suhbatlaşdi.
— Mahalliy işlab çiqariş dasturining Özbekiston uçun ahamiyati va bu borada ayni paytda amalga oşirilayotgan asosiy loyihalar haqida ma'lumot bersangiz.
— Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotida barqaror rivojlanişni ta'minlaş, iqtisodiyotni bir tomonlama rivojlanişini oldini oliş, sanoat tarmoqlarini barpo etiş hamda çet el mahsulotlariga butunlay qaram bölib qolmasliklari uçun import örnini bosuvçi, eksportbop mahsulotlar işlab çiqarişga katta e'tibor berilmoqda.
Özbekistonda ham import örnini bosuvçi va eksportbop mahsulotlarni işlab çiqariş va bunday loyihalarni, ayniqsa, hududlarimizda köproq amalga oşiriş ustuvor yönalişlardan sanaladi.
Şuning uçun respublikada joriy yilning 6 oy yakunlariga köra, 200tadan ortiq mahalliy korxonalar tomonidan import örnini bosuvçi qariyb 500tadan ortiq investitsion loyihalar amalga oşirilib, 7,9 trillion söm miqdorida mahsulotlar işlab çiqarişga erişilgan.
Import örnini bosuvçi loyihalarni amalga oşirişda albatta, iqtisodiyotdagi tarmoqlarning rivojlaniş darajasi, respublikamizda xomaşyo resurslari mavjudligi, sanoat tarmoqlarining çetdan import qilinadigan tovarlarga qançalik boğliqligi va ularning hajmi, şuningdek, sanoat tarmoqlari uçun işlab çiqarişda doimiy ravişda talab etilişi, zarur infratuzilma mavjudligi hamda import örnini bosuvçi mahsulotga, umuman iqtisodiyot tarmoqlarida talab qay darajada bölişi mumkinligi örganib boriladi.
Agar mahsulot eksportga yönaltirilsa, taşqi bozorda ham unga talab bor-yöqligi aniqlanadi va şu asosda mahalliylaştiriş loyihasi amalga oşiriladi.
Mavzuga oid
Özbekiston mustaqillikning ilk davridan boşlab mana şu siyosatni yuritişga va öz sanoatining turli tarmoqlarini rivojlantirişga harakat qildi. Buning natijasi ölaroq, MDH davlatlari orasida ma'lum ma'noda rivojlangan sanoatga va yangi tarmoqlarga ega böldik. Tadbirkorlik sub'yektlari soni oşib, mahalliy xomaşyodan işlab çiqariladigan mahsulotlarning hajmi içki bozorimizda ança oşdi.
Import örnini bosuvçi loyihalarni amalga oşirişda içki va taşqi bozorni örganişdan taşqari işlab çiqariş jarayonini töğri va mukammal taşkil eta oliş ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda xomaşyoni qayta işlaşni töğri taşkil etiş va undan zarur birlamçi va ikkilamçi mahsulotlarni olişga erişiş, ularni yana qayta işlaş, kerak böladigan texnologiya va bilimlarni qöllaş, malakali mutaxassislarni jalb etiş talab etiladi. Bundan taşqari, işlab çiqariş jarayonini töğri taşkil qiliş va bozor bilan işlaşning şartlarini biliş – bularning hammasi işlab çiqariş madaniyati sanaladi. Uni töğri şakllantiriş esa birinçi örindagi vazifamizdir.
Şuningdek, hamma narsa bir-biriga uyğun bölişi ham muhim. Bu bitta bosqiç ikkinçisi tufayli töxtab qolişi kerak emasligini anglatadi.
Joriy yilning 1 may kuni davlatimiz rahbari tomonidan «Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantiriş va talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror qabul qilindi.
Avvalo, uşbu qarorkiçik, örta va yirik biznes sub'yektlari örtasida işlab çiqariş kooperatsiyalarini rivojlantiriş masalasiga e'tibor berilişi bilan ahmiyatli.
Sanoat kooperatsiyasi deganda tarmoq içida turli işlab çiqariş korxonalarining mahsulotni yaratiş zanjiridagi birgalikdagi faoliyatini va yakuniy mahsulot işlab çiqarişga qaratilgan hamkorligini tuşunamiz.
Tarmoqda eng sifatli va narx jihatdan bozorda raqobatbardoş bölgan xomaşyo va materiallarni yetkazib beruvçi mahalliy korxonalar uçun sanoat kooperatsiyasida iştirok etiş birmunça foyda keltiradi.
Aniqroq aytadigan bölsak, har xil sanoat tarmoqlari uçun xomaşyo, yarim tayyor xomaşyo, materiallar, butlovçi qismlar va yordamçi materiallar kerak böladi. Masalan, bitta köylak uçun ip, tugmaça, savdo belgisini tikiş uçun maxsus kaşta va oxiri tayyor mahsulotni qadoqlaş uçun karton talab qilinadi. Biroq narsalarning hammasini bitta korxona işlab çiqarişi kerak emas.
Tekstil sanoatida sifatli mato, rangli ip, tugmaça va boşqa yordamçi materiallarni işlab çiqara oladigan tadbirkorlarning mahsuloti tayyor tekstil mahsulotlarini işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan xarid qilinadi. Qadoqlaş uçun talab qilinadigan materiallar ham xuddi şunday yana boşqa mahalliy işlab çiqaruvçidan sotib olinadi. Mana şunda yakunida bitta tekstil korxonasi atrofida qolgan barça korxonalarning sanoat kooperatsiyasi vujudga keladi.
Biroq biz dunyodagi bor ne'matlarni işlab çiqara olmaymiz. Va bunga ehtiyoj ham yöq. Sanoatning qaysidir tarmoği uçun zarur, bizda işlab çiqariş imkoni bor mahsulotlarni çiqarişga ixtisoslaşiş töğri böladi deb öylayman.
Yuqoridagi qarorda davlat xaridlarining elektron tizimida ham tadbirkorlar faol iştirok etişlariga alohida e'tibor beriladi. Aytaylik, qaysidir davlat idorasi Qoraqalpoğiston Respublikasi yoki Xorazm viloyatida joylaşgan. Lekin elektron tanlovda iştirok etib, boşqa viloyatdagi korxona mahsulotini sotib oladi va elektron şartnoma tuzgan holda mahsulotni ham töğridan-töğri qabul qilib oliş imkoniga ega böladi.
Bundan taşqari, hududlarimizda taşkil etilayotgan kiçik sanoat zonalaridaham import örnini bosuvçi, raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqaruvçi samarali tizimni joriy etiş ham zarur.
Bu kiçik sanoat zonalarida xomaşyo uçun uzoqqa borib ötirişga ehtiyoj qolmasdan kimdir ip kalava işlab çiqarsa, kimdir tayyor mato işlab çiqarişi, boşqa tadbirkor esa unga gul bosişi lozim.
Hududlarda işlab çiqarişning keng yölga qöyilişi juda muhim. Bu öşa yerda iqtisodiyotning diversifikatsiya qilinişiga, turli sanoat tarmoqlari taraqqiy etişiga yordam beradi. Quruq mevalar qadoqlaş, sut mahsulotlari işlab çiqarişdan tortib, quriliş mahsulotlari tayyorlovçi korxonalargaça mavjud bölişi turmuş şaroiti yaxşilanişga ham yordam beradi.
Va öşa yerda töğri taşkil qilingan sanoat korxonlari rivojlanişda davom etib, öz iste'molçilariga ega bölib boraveradi. Raqobat muhitida öz faoliyatini yölga qöya olmagan korxona faoliyatini özgartiradi yoki yopiladi yoki tarmoqning boşqa turdagi mahsulot işlab çiqarişiga ötib ketadi.
— Yuqorida hamma narsani işlab çiqarişga ehtiyoj yöqligini ta'kidlab ötdingiz. Özbekiston şaroitida aynan qaysi sanoat yönalişidagi mahsulotlarni işlab çiqariş yaxşi samara beradi?
— Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil may oyidagi qarorida özlaştirilişi tavsiya etiladigan 100ga yaqin tayyor mahsulotlar, texnologiyalar, butlovçi buyumlar xomaşyo va materiallarning yangi turlari röyxati jami 9ta alohida yönalişda tasdiqlangan. Ular quyidagilardan iborat:
- Oziq-ovqat mahsulotlari;
- Trikotaj buyumlari, kiyim-keçak, poyabzal;
- Dori vositalari;
- Kanselyariya mollari;
- Quriliş materiallari;
- Rezinalar, plastmassalar va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar;
- Kimyo va u bilan boğliq tarmoqlar mahsulotlari;
- Metallar va ulardan yasalgan buyumlar;
- Uskunalar;
Uşbu röyxat Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi takliflari asosida har yarim yilda bir martaVazirlar Mahkamasi qaroriga köra yangilanib boriladi.
Bunda import hajmi örganilib, qaysi tovar kirişi ösyapti, içki bozorda esa nimaga talab yuqoriligiga alohida e'tibor qaratiladi.
— Respublikamizda özlaştiriş zarur bölgan mahsulotlar röyxati tasdiqlangan va bu yönalişdagi tadbirkorlikka e'tibor qaratilayotgan bir paytda Özbekistonda, asosan, qaysi sanoat yönalişida ijobiy natijalar qayd etilmoqda?
— Raqamlarga e'tibor qaratadigan bölsak, 2019 yil birinçi yarim yilligi holatiga köra, respublika böyiça sanoat hajmi 106,9 foizga ösgan.
Sanoat işlab çiqariş ösişi asosan toğ-kon qazib oliş sanoati hamda qayta işlaş sanoati, şuningdek, elektr energiyasi, gaz işlab çiqariş va yetkazib beriş ta'minoti sohasiga töğri keladi.
Hozir Özbekistonda, asosan, qayta işlaş sanoati köproq yetakçilik qilmoqda. Uning umumiy sanoatdagi hissasi 80 foizga yaqin.
Qayta işlaş oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş, töqimaçilik sanoati, yoğoç materiallari, neftni qayta işlaş, kimyo sanoati, farmatsevtika, nometall mineral mahsulotlar, metallurgiya va avtosanoatkabilarni qamrab oladi.
— Mahalliylaştiriş loyihalarini amalga oşiriş jarayonida Özbekistonning ustunlik jihatlari va yuzaga kelayotgan kamçiliklar nimalardan iborat deb öylaysiz?
— Ayni paytda biz ip-kalava yoki meva-sabzavotning kam foizini qayta işlayapmiz. Yaqinda bölib ötgan videoselektor yiğilişida davlat rahbari ham bu masalaga töxtalib, meva-sabzavotlarning 20 foizi, ip-kalavaning 46 foizi, molibdenning 1,1 foizi, tabiiy gazning 12 foizi, ruxning 21 foizi, misning 25 foizi qayta işlanayotganini aytib ötgan edi.
Ip-kalavaga jahon bozorida haqiqatda talab köp. Garçi, bu mahsulot ma'lum ma'noda qayta işlangan bölsa-da, uni tayyor kiyim-keçak holiga keltiradigan bölsak, ip-kalavadan oladigan daromadimiz örniga yakuniy mahsulot körinişida bir neça barobar yuqori bahoda mahsulotimizni sotiş imkoniga ega bölamiz. Va tekstil sanoatida bir qator yangi işlab çiqariş böğinlarini, ya'ni ip kalava tayyorlaş, paxta tolasidan va sintetik xomaşyodan mato işlab çiqariş, tekstil sanoati uçun aksessuarlar işlab çiqariş, tikiş-biçiş, trikotaj va boşqa tayyor kiyim-keçak mahsulotlarini işlab çiqariş sohalari paydo böladi.
Bu vaziyatda bizning ustun jihatimiz respublikamizda paxta va boşqa turdagi xomaşyolar borligi hisoblanadi.
Yana bir ijobiy tomonimiz, respublikada işlab çiqarişni taşkil etişda jahon bozoriga nisbatan elektr energiyasi, gaz va suv ta'minoti nisbatan arzon narxlarda yetkazib beriladi.
Şuningdek, yurtimizda işçi kuçi yetarliligi ham imkoniyatimizni kengaytiradi.
Duç kelinayotgan qiyinçiliklarga töxtalib ötadigan bölsak, import örnini bosuvçi mahsulotni özlaştirişda ilgari bunday turdagi mahsulot işlab çiqarilmaganini e'tiborga olgan holda jarayonni töğri taşkil eta oliş murakkab vazifaligini unutmaslik zarur.
Şuningdek, yangi mahsulotni taklif etiş va uning bozorda öz örniga ega bölişi ustida jiddiy işlaş ham oson bölmaydi.
Bundan taşqari, ilk bora özlaştirgan holda işlab çiqarilişi yölga qöyilgan mahsulotlar sifati va narxining bozorda raqobatbardoşligini ta'minlaş ham ma'lum darajada maşaqqatli mehnatni talab etadi.
Sanoat tarmoqlarida işlab çiqariş jarayonini yölga qöyiş bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişini inobatga oladigan bölsak, bunday zaif jihatlarini ham töğri qabul qiliş kerak.
Masalan, bizda aksariyat tarmoqlar uçun murakkab texnologiyalar, asbob-uskunalar ilgari işlab çiqarilmagan bölsa, hozir bu yönaliş ham rivojlanmoqda.
Misol uçun, respublikada lift va eskalatorlarni işlab çiqarişning yölga qöyilişi ham sanoat tarmoqlari rivojlanişidagi ijobiy tendensiyalardan biri hisoblanib, sanoat yuksalişiga öz hissasini qöşadi.
Ma'lum ma'noda butlovçi qismlar çetdan olib kelinayotgan bölsa-da, asosiy qismlar Özbekistondagi korxonalarga buyurtma bergan holda işlab çiqarilmoqda. Mahalliy sanoatda işlab çiqarişning sekin-sekin yölga qöyilişi zamonaviy bino va inşootlarni qurişda talab katta bölgan liftlar va ekskalatorlarni yetkazib beriş imkonini bermoqda.
Lekin heç narsa öz-özidan natija körsatmaydi. Yangi turdagi mahsulotni özlaştirişda xomaşyoni töğri tanlay oliş, işlab çiqarişni yölga qöyişda moddiy-moliyaviy resurslar çeklangani, yangi loyihani amalga oşirişda iqtisodiy samaradorligini hisob-kitob qiliş talab etilişi, investorni jalb etiş, joy ajratiş, mutaxassis tayyorlaş kabilar ma'lum vaqt talab etadi. Yangilik boşlaşda heç bir iş osonlikça keçmaydi, buning uçun puxta öylangan kompleks yondaşuv zarur böladi.
Muhimi, Özbekistonning yuqori qiymatga ega mahsulotlarni işlab çiqariş salohiyati mavjud.Masalan, farmatsevtika mahsulotlarida hanuz importning uluşi yuqori bölsa-da, yurtimizda ham bu sohada ma'lum ma'noda yangi işlab çiqariş tizimi yaratilişiga erişildi.
Ilgari import qilinadigan oddiy dori va tibbiyot vositalaridan to murakkab tibbiyot uskunalarigaça özlaştirişga erişilmoqda. Oddiy dori-darmon vositalari, boğlovçi materiallar (bint), turli tibbiyot uskunalari, şpritslarni özimizda işlab çiqariş yölga qöyilişi natijasida import uluşi kamaymoqda.
Murakkab dori vositalarini mahalliy işlab çiqarişni köpaytiriş uçun ham mahalliy farmatsevtika korxonalari dunyodagi yetakçi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni kuçaytirmoqda.
Lekin sanoat tarmoqlarida import örnini bosuvçi mahsulotlarni işlab çiqarişda barça loyihalar ham muvaffaqiyatli amalga oşirilavermaydi.Çunki bu - biznes. Biznesda tavakkalçilik mavjud. Bu tendensiyani töğri qabul qilişimiz kerak.
Bozorda öz örnini topa oladigan tamomila yangi mahsulotni işlab çiqariş oson emas. Ba'zan odamlar dunyoda import qiladigan şunça davlat böla turib işlab çiqarişning nima keragi bor, degan fikrni ham bildirişadi. Lekin iqtisodiyot barqaror rivojlanişi uçun keng diversifikatsiyalaşgan, turli tarmoqlari rivojlangan davlat iqtisodiy jihatdan baquvvat va boy sanaladi. Va bu iqtisodiyot bir tomonlama rivojlanişining oldini oladi hamda davlatning iqtisodiy inqirozlarga bardoş bera oliş imkoni ham ança yuqori böladi.
Qolaversa, agar davlatda yetarliça xomaşyo bazasi va salohiyati bölsa, import örnini bosuvçi mahsulotlarni işlab çiqarişni taşkillaştiriş mamlakat valuta zaxiralari çetga çiqib ketişining oldini olişga xizmat qiladi.
— Milliy mahsulotlarimizga bozorda talab qay darajada deyiş mumkin?
— Bozorda qiziq bir tendensiya bor. Agar yangi mahsulot işlab çiqariladigan bölsa, uözidan ham talabni keltirib çiqarişi mumkin. Ya'ni, xaridor yangi narsani bir marta bölsa-da, olib sinab körişga qiziqadi, yangi mahsulotga ma'lum ma'noda intiladi.
Bu borada oziq-ovqat sanoatini misol keltiradigan bölsak, hozir peçen'ye mahsulotlaridamahalliy işlab çiqaruvçilarning mahsuloti çet eldan olib kelinayotanidan heç bir jihati bilan kam emas. Mahalliy tadbirkorlar ham peçene mahsulotining xilma-xil turlarini işlab çiqarişni özlaştirişgan.
Avvalo, mahsulotning sifati, körinişi, qadoqlanişi, xilma-xilligi ham xaridorlar uçun muhim sanaladi. Mana şu tomonlariga e'tibor qaratiladigan bölsa, mahalliy mahsulotlarimizga içki bozorda talab doimo yuqori böladi.
— Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş uçun davlat tomonidan beriladigan alohida imtiyozlar ham mavjudmi?
— Aslida, mahalliylaştiriş dasturi doirasida tadbirkorlarga uzoq yillar davomida imtiyozlar berilgan. Lekin imtiyozlar doimiy berilişi mantiqqa töğri kelmaydi. Ular ma'lum sohani rivojlantiriş uçun berilişi va şu soha taraqqiy etişiga xizmat qilişi lozim.
Import örnini bosuvçi, tavsiya etilgan röyxatdagi mahsulotlarni işlab çiqaruvçi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan oladigan kreditlarining 50 foizdan köp bölmagan miqdorini kafolatlaş tizimi mavjud.
Bundan taşqari, tijorat banklari tomonidan olinadigan kreditlarning 5 foizgaça stavkalari qoplanişi tadbirkorlarni qööllab-quvvatlaydi.
Şuningdek, özlaştiriş tavsiya etiladigan mahsulotlar röyxatidagi mahsulotlarni işlab çiqariş xohişini bildirgan tadbirkorlarga böş turgan binolarni beriş ham ularni qöllab-quvvatlaş tizimida e'tiborga olingan.
— Aytaylik, fuqaro öz tadbirkorligini yölga qöymoqçi. Özi yaşab turgan hudud imkoniyatidan kelib çiqqan holda qaysi sohada biznes boşlasa, foyda olişi mumkinligi, umuman, işni nimadan boşlaş kerakligi böyiça yöl-yöriq körsatuvçi, ularni yönaltiruvçi, ta'limiy loyihalar bormi?
— Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini öqitiş respublika markazitaşkil etilgan. Markaz tomonidan 7ta yönalişda qisqa muddatli – 22 soatlik öquv kurslari taşkil etiladi. Bu markazning hududlarda ham filiallari mavjud bölib, aholi Savdo-sanoat palatasining hududiy boşqarmalariga murojaat qilgan holda tadbirkorlik yönalişi böyiça öqiş imkoniga ega.
Bundan taşqari, yoşlarning moliyaviy savodxonligi va suğurta madaniyatini oşiriş böyiça ham alohida loyihalar bor.
Taşqi savdo va eksport asoslari böyiça ham BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda öquv kurslari taşkillaştirilgan.
2019 yil birinçi yarim yilligida 8 ming 500 nafardan ortiq fuqarolar öqitilib,ularning388 nafari tadbirkorlik faoliyatini boşlagan,244 nafari esa öz faoliyatini kengaytirgan.
— Ayrim hollarda mahalliy mahsulotlar sifati haqida salbiy munosabatlarni ham eşitamiz. Soha odami sifatida mahalliy mahsulotlar sifati haqida nima deya olasiz?
—Sifat, narx va mahsulotning alohida xususiyatlari – baho berişning asosiy omillari hisoblanadi.
Şu örinda aytiş mumkinki, sifat mahsulotning bozorda öz örnini egallay olişi yoki yöqligini aniqlovçi, iste'molçining e'tiborini qozona olişdagi eng muhim va asosiy şartlaridan biri sanaladi.
Agar xaridor sotib olgan narsasidan bir marta köngli tölmasa, keyingi safar tadbirkor mahsulotining sifati haqida har qança jar solmasin, sifat sertifikatlarini körsatmasin, iste'molçini mahsulotga işontira olmaydi.
Şuning uçun ham tadbirkor sifatni tuşirmaslik uçun qayğurib, xavotir bilan yaşaşi kerak.
Bundan taşqari, tadbirkorlar işlab çiqarayotgan mahsulotlari böyiça barça zarur sertifikatlarga ega bölişi, mahsulot işlab çiqariş uçun talab etiladigan milliy va xalqaro standartlarga qat'iy rioya etiş bozorda mahsulot muvaffaqiyatini belgilab beruvçi muhim omillardan biri ekanligini yodda tutişi lozim.