Vazirlar Mahkamasining “Xovos shaharchasining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Xovos shaharchasida 2030 yilgacha urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari tasdiqlanadi:
- Xovos shahrining ijtimoiy, demografik holati;
- Infratuzulma sohasi;
- Uy-joy qurilish sohasi;
- Ishlab chiqarish va ishchi kuchlarini joylashtirish;
- Xovos shaharchasini to‘g‘ri rejalashtirish;
- Shaharchaning ekologik samaradorligini ta'minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi urbanizatsiya agentligi:
Ushbu “Yo‘nalishlar”dagi mavjud muammolarni o‘rganib chiqib, 2020-2023 yillarda Yo‘nalishlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga:
“Yo‘nalishlar”ni amalga oshirish yakunlarini chuqur tahlil qilgan holda “Yo‘l xaritalari”ni bosqichma-bosqich ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
“Yo‘nalishlar”ni amalga oshirishda to‘liq va doimiy monitoring olib borish va Vazirlar Mahkamasiga har kvartal yakuni bo‘yicha axborot kiritib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Yo‘nalishlar”larni amalga oshirishda mas'ul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish va o‘zaro hamkorligini ta'minlash, monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etadi.
Rivojlanish strategiyasi doirasida Xovos shaharchasi aholisining ijtimoiy va iqtisodiy xamda demografik rivojlanishi bilan bog‘liq rejaning bosqichlari:
Birinchi bosqich (2019-2021 yillar):
Urbanizatsiyani barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

















