18:58 / 22.08.2019
22209

Egey dengizida og‘irligi bir tonnaga yaqin bo‘lgan ulkan akula ushlandi

Turkiyaning Chanakkale viloyatidagi baliqchilar og‘irligi bir tonnaga yaqin besh metrli akulani ushlashdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, baliqchilar Egey dengizida ushlangan bu akulaning ulkanligidan hayratda qolishgan va uning fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishgan.

O‘rtayer va Egey dengizlarida akulalarning bir nechta turlari yashaydi. Ularning aksariyati odamlar uchun xavfli emas.

Mavzuga oid
Top