Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Şryoder buzuqlikda ayblanmoqda. Şryoderning hozirgi rafiqasi So Yen Şryoder-Kimning sobiq turmuş örtoği Janubiy Koreya sudiga şu ayblov bilan Şryoder ustidan arz qilgan. Uning ta'kidlaşiça, So Yen va kanslerning işqiy munosabatlari ayol hali nikohda bölganda boşlangan.
Ayolning ismi ovoza qilinmayotgan sobiq turmuş örtoğining ta'kidlaşiça, aynan şu munosabatlar uning Kim So Yen bilan ajraşişiga olib kelgan. Şu sababli erkak boşdan keçirgan “iztiroblari” uçun kompensatsiya sifatida 100 mln von (93 ming dollar) talab qilmoqda.
75 yoşli Şryoder arz haqida rasmiy xabarnomani bir neça kun oldin olgan. Uning rafiqasi ayblovlarni rad etgan. Ayolning ta'kidlaşiça, u Şryodyorni uçratganda uning sobiq turmuş örtoği bilan nikohi buzilgan bölgan va ular ajralişib ketişgan.
Janubiy Koreyada er yoki xotinning xiyonati 2015 yildagina dekriminallaştirilgan. Bungaça xiyonat qiliş 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliniş bilan jazolangan. Ötgan vaqt içida 53 mingga yaqin janubiy koreyalik xiyonati uçun jazolangan.
Şryoder 1998 yildan 2005 yilgaça Germaniya kansleri bölgan. U Kim So Yen bilan 2015 yilda Seuldagi anjumanda tanişgan. Ayol u yerda tarjimon bölib işlagan. Keyinçalik u Şryoderning avtobiografiyasini koreys tiliga tarjima qilgan. 2018 yilda 49 yoşli ayol sobiq kanslerning 5-rafiqasiga aylangan. Ularga yoşlaridagi 25 yillik farq ham xalaqit qila olmagan.

















