Senat yalpi majlisida hukumatning parlamentga hisoboti berişi asnosida söz olgan Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev senatorlar e'tiborini korrupsiyaga doir bir neçta masalalarga qaratdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, prokuratura rasmiysi antikorrupsion qonunçilikdagi nomukamallik, davlat mablağlari taqsimoti ustidan jamoatçilik nazorati, OAV mustaqilligi va jamiyatda korrupsiyaga qarşi murosasiz kayfiyat yaratiş masalalariga töxtalib ötgan.
«Muhimlaridan birinçisi. Antikorrupsion qonunçilikni takomillaştiriş, uning ijro mexanizmi va qonunni qöllaş amaliyoti örtasida uzilişlar borligi heç kimga sir emas. Hammamiz bu jarayonda yaşaganmiz, bilamiz. Mana şu uzilişni bartaraf etiş lozim.
Bugungi vazifa – korrupsiya uçun jazoning muqarrarligi muhitini yaratiş. Jamiyatda şunaqa fikr şakllandi, bunga hammangiz guvoh bölib turibsiz. Bugungi kunda Özbekistonda korrupsioner qaysi mansabda, qaysi mavqeda bölişidan qat'i nazar jazosini oladi.
Ikkinçi juda muhim yönalişimiz – davlat mablağlari taqsimoti ustidan jamoatçilik nazorati. Bugun ham jamoatçilik nazorati bilan boğliq masala yalpi majlisga qöyilgan», – dedi Erkin Yöldoşev.
Yöldoşev korrupsiyaga qarşi kuraşda ommaviy axborot vositalarining rolini ham e'tirof etib ötdi.
«Yana bir öta muhim yönalişlardan biri – axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyat olib borişi uçun imkoniyat yaratiş. Bu antikorrupsion jarayonni kuçaytirişning favqulodda omili ekani sir emas. Antikorrupsion çoralardan xalqni imkon qadar köproq xabardor qilişimiz şart.
Bugungi kundagi ijtimoiy tarmoqlar, matbuotning bugungi faoliyati, xalq bilan boğlanganligi darajasi jamiyatda antikorrupsion muhitning mutlaqo yaxşilanişiga jiddiy ta'sir körsatyapti, desak xato qilmaymiz.
Bularning yiğindisini oladigan bölsak, nafaqat mansabdorlar, balki butun aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oşiriş birinçi öringa çiqyapti.
Va nihoyat. Korrupsiyani bitta hamla bilan yöq qilib bölmaydi. Bitta sermab qiliç tortgan bilan korrupsiya tag-tomiri bilan yöq bölib ketmaydi. Iloji yöq narsa bu. Buning uçun keng qamrovli maşaqqatli jarayondan ötişimiz kerak böladi», – dedi Erkin Yöldoşev.
Boş prokuror örinbosariga köra, bu borada Boş prokuror rahbarlik qilayotgan korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça muvofiqlaştiruvçi komissiyaning faoliyatigina yetarli emas, buning uçun aholi vakillarining ham yordami zarur.

















