16 avgust kuni Toşkent şahar hokimligining majlislar zalida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev hamda Mirobod tumanida istiqomat qiluvçi aholi vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda şahar hokimidan taşqari uning örinbosarlari va Mirobod tuman hokimi Şuhrat Pölatov ham iştirok etgan.

21 iyun kuni internetda uşbu uçraşuv vaqtida yozib olingan audioyozuvlar tarqaldi. Bu audioyozuvlar orqali uçraşuv davomida Toşkent şahri hokimi şikoyat qilib kelganlarga nisbatan qöpol munosabatda bölgani körsatilgan.

«Ozodlik» radiosi ma'lumotiga köra, Mirobod tumanida yaşovçi 10dan ortiq kişi şahar hokimi qabuliga Nukus köçasidagi 88-uy va 1-Mirobod tor köçasidagi 5-uy orasidagi 60 metrlik böş maydonni savdo majmuasi quriş uçun xususiy tadbirkorga beriş qarorini bekor qilişni sörab kelgandi.

Qayd etilişiça, bu mirobodliklar va şahar hokimining mazkur masaladagi uçinçi uçraşuvi bölgan.

Tarqatilgan audiolarda mirobodlik şikoyatçilar Jahongir Ortiqxöjayevga 2017 yili şaharning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonovning qarori bilan maşinalar turargohi va bolalar maydonçasi bölgan yerning qurilişga berilganini şaharsozlik kodeksi va sanitariya talablariga zid ekanini tuşuntirişgani eşitiladi.

«Töqqiz qavatli uylar orasida kamida 45 metr masofa bölişi kerak, bu quriliş qilinsa, orada faqat 20 metr joy qoladi - bu qonunga xilof. Bolalarimiz qayerda öynaydi, qariyalarimiz qayerga çiqib nafas rostlaydi? Bu yerni xususiy tadbirkorga beriş - noqonuniy. Uni heç qanday auksionsiz hokim qarori bilan sotib yuboriş esa qonunni takror buzişdir», deydi norozi şikoyatçilardan biri.

Videokamera qarşisida murojaatçilar vakilining sözlarini bölmasdan eşitgan hokim  murojaatçilar «agar muammo hal qilinmasa, prezident qabulxonasiga boriş, bolalarni olib mitingga çiqiş» haqida ogohlantirişganidan keyin hissiyotga berilib, ularga baqira boşlaydi.

«Meni sudga bering! Qayerga istasangiz...  Boring, Xudo haqqi meni sudga bering!.. Siz meni ayblayapsiz, xuddi men ataylab qilganday!.. Boring, qayerga istasangiz boring! Men bu işlardan çarçadim... Istasangiz prezidentga boring, istasangiz Xudoga boring!.. Men siz bilan xotirjam gaplaşib, bu masalani hal qilmoqçi edim. Endi istasangiz, şikoyat qilib Bryusselga boring, marhamat!», deya stolni urib baland ovozda rus tilida gapiradi hokim.