2019 yil 21 avgust soat 03:30larda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yaşovçi 24 yoşli F.K. özining boşqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomaşinasini Qoraqalpoğiston Respublikasining Törtköl tuman hududidan ötuvçi “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beynau” yölida haydab ketayotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, qarşisidan harakatlanib kelayotgan 40 yoşli A.B. boşqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada “Cobalt” avtomaşinasi haydovçisi F.K., yölovçisi, Xorazm viloyatida yaşagan 20 yoşli S.N. ismli ayol, “Nexia” avtomaşinasi yölovçilari, Xorazm viloyatida yaşagan, 18 yoşli M.Q. ismli qiz va Xorazm viloyatida yaşovçi 27 yoşli M.M.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay S.N. va M.Q.lar şu yerda vafot etganlar. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.