Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvarda qabul qilingan ÖRQ–400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritilişi kutilyapti:

195-modda (Bojxona körigi):

törtinçi qismi “giyohvandlik vositalari” degan sözlardan keyin “ularning analoglari” degan sözlar bilan töldiriladi;

407-modda (Bojxona çegarasi orqali olib ötiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boşqa aşyolarni nazorat ostida yetkazib beriş) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“407-modda. Bojxona çegarasi orqali olib ötiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglari, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boşqa aşyolarni nazorat ostida yetkazib beriş
 
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar xalqaro noqonuniy muomalada bölişining oldini oliş hamda bunday muomalada iştirok etayotgan şaxslarni aniqlaş maqsadida bojxona organlari hamda boşqa tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlar har bir alohida holda çet davlatning bojxona organlari va boşqa vakolatli organlari bilan kelişuvlarga köra yoki Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib beriş tezkor-qidiruv tadbiridan foydalanadi, ya'ni noqonuniy muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalarining, ularning analoglarining, psixotrop moddalarning va prekursorlarning öz nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilişiga, bu hududdan olib çiqilişiga yoki tranzit tarzida olib ötilişiga yöl qöyadi.

Nazorat ostida yetkazib beriş tezkor-qidiruv tadbiri jinoyat sodir etiş quroli yoki vositasi bölgan boşqa aşyolarga yoxud jinoiy yöl bilan topilgan aşyolarga yoki ular bilan qonunga xilof xatti-harakatlar sodir etiş kontrabanda hisoblanuvçi aşyolarga nisbatan ham qöllanilişi mumkin.

Nazorat ostida yetkazib beriş tezkor-qidiruv tadbiridan foydalaniş töğrisidagi qaror tegişliça tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlar bilan kelişilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi tomonidan qabul qilinadi.

Bojxona çegarasi orqali olib ötiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boşqa aşyolarni nazorat ostida yetkazib beriş töğrisida qaror qabul qilingan taqdirda Özbekiston Respublikasida jinoyat işi qözğatilmaydi.