Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov bundan keyin faqat ta'lim-tarbiya, turizm va sport masalalari bilan şuğullanadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantiriş, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oşiriş, yoş avlod ma'naviyatini yuksaltiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida ma'lum qildi.
«A.Aripovga ta'lim tizimi samaradorligi va iş unumdorligini oşiriş uçun A.Abduhakimovdan soğliqni saqlaş, farmatsevtika va boşqa yönalişlarga rahbarlik qilişni çiqariş kerak. U bundan keyin faqat ta'lim-tarbiya, turizm va sport masalalari bilan puxta şuğullanişi lozim», - deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uçun, boş vazirning ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari Aziz Abduhakimov 1974 yilda tuğilgan. 2014 yil yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boşqargan. Avvalroq Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2017 yilning avgust oyida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimini egallagan, 2018 yil may oyida boş vazir örinbosari etib tayinlangan.

















