1 oktyabrdan “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo apparat-dasturiy kompleksini (YaMMT) joriy etiş rejalaştirilmoqda. Hujjatning loyihasi QHTBT portalida joylaştirilgan, u böyiça taklif va fikr-mulohazalarni 2 sentyabrga qadar qoldiriş mumkin.
 
Norma’ning yozişiça, şu yilning sönggi çoragidan boşlab yangi mehnat şartnomalarini, amaldagi şartnomalarga özgartirişlarni hamda ularni bekor qilişni  majburiy ravişda YaMMTda röyxatga oliş rejalaştirilmoqda. Bunda 2019 yil 1 oktyabrgaça tuzilgan amaldagi mehnat şartnomalarini 2020 yil 1 iyulga qadar YaMMTda röyxatga oliş lozim böladi.
 
Şuningdek, 1 oktyabrdan boşlab YaMMTda röyxatga olinadigan mehnat şartnomalarida mavjud ma'lumotlarga muvofiq avtomatik tarzda şakllanadigan elektron mehnat daftarçasini joriy etiş közlanmoqda. Eslatib ötamiz, dastlab, mehnat stajini elektron hisobga olişga şu yil 1 yanvardan ötiş nazarda tutilgan edi. Şuningdek, mehnat daftarçasida hisoblangan iş haqi va tölangan JŞDS, “Xalq banki”dagi şaxsiy jamğarilib boradigan pensiya hisobvarağidagi badallar töğrisidagi ma'lumotlar ham aks ettiriladi.
 
Jismoniy şaxslarga ötgan davrlarda işga joylaşiş töğrisidagi ma'lumotlarni ularni budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasida majburiy verifikatsiya qiliş (tasdiqlaş) bilan mustaqil ravişda YaMMTga kiritiş huquqini berişlari mumkin.
 
Şu tariqa, xodimning mehnat staji, şu jumladan pensiya tayinlaşdagi staji uning mehnat faoliyati davrlariga muvofiq ravişda hisoblanadi:

• 2019 yil 1 oktyabrdan keyin – YaMMTda mavjud ma'lumotlarga asosan (qonun hujjatlarida belgilangan ayrim holatlar bundan mustasno);
• 2019 yil 2 oktyabrga qadar – amaldagi tartibga muvofiq (8.09.2011 yildagi 252-son VMQ).
 
Şu bilan birga uşbu tizim orqali quyidagilar taklif etiladi:

• mavjud va barpo etiladigan iş örinlari, iş şaroitlari, mehnat haqi töğrisidagi ma'lumotlarni kiritgan holda ştat tarkibi (jadvali) töğrisidagi ma'lumotlarni şakllantiriş;
• mehnat bozori körsatkiçlarining holati va özgarişi haqidagi axborotlarni öz içiga olgan ma'lumotlar almaşinuvi;
• xodimlar tarkibining miqdori va sifati, böş iş örinlari, iş beruvçilarning işga joylaşişga kelgan nomzodlarga qöyadigan malakaviy va boşqa talablari haqidagi axborotlarni oçiq-oşkora şakllantiriş;