Prezident selektoridagi topshiriqlar, e'lon qilingan test tanlovi natijalari, Putindan AQShga javob va kunning boshqa xabarlari
Yakunlanib borayotgan 24 avgust, shanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.
O‘ZBeKISTON XABARLARI
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
· Shavkat Mirziyoyev: «O‘zim ko‘p yillar o‘qituvchi bo‘lib ishlaganim uchun bu sohaning qanchalik qiyin va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman»
· O‘zbekistonda universitet va institutlar maktablarga biriktiriladi
· O‘zbekistonda xalq ta'limi xodimlari oylik ish haqi oshiriladi
· Prezident topshirig‘i: barcha hokimlar maktablarga haftasiga kamida uch marotaba boradi va o‘zi dars beradi
· «El-yurt taqdiriga loqaydlik — bu sotqinlikdan ham yomon». Prezident qator tashkilotlarni tanqid qildi
· Mirziyoyev foydalanilmayotgan salohiyat, obro‘yi tushib ketgan «ma'naviyat» tushunchasi va XTV mavqesi haqida gapirdi
· «Hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan umuman shug‘ullanayotgani yo‘q» — Prezident
· Shavkat Mirziyoyev: «Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq kollejlarimizga mahliyo bo‘lib, shuncha vaqtni bekorga boy berdik»
· «O‘qituvchilarni paxtaga, ko‘cha supurishga jalb qilib, obro‘-e'tiborini tushirdik». Prezident ta'limdagi achchiq haqiqatlarni tilga oldi
Boshqa xabarlar
· Sodiq Safoyev: «O‘zbek modeli – noto‘g‘ri siyosat bo‘lgan. Uch yil oldin iqtisodiyotimiz halokat yoqasiga borib qolgan edi»
· Senat raisining birinchi o‘rinbosari: «Investitsiyalar bo‘yicha hokimlarning vakolatini kengaytirish kerak»
· Aziz Abduhakimov endi faqat ta'lim-tarbiya, turizm va sport masalalari bilan shug‘ullanadi
· Sodiq Safoyev: «Investorlarga osh berib, to‘n kiydirishimiz zoye. Ularga qonuniy kafolat kerak»
· O‘zbekistonda yana bir yangilik: Quyi Chotqol GES qurilishi boshlandi
· Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi tuzilma tashkil etiladi
· Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Dolzarb mavzular
· Abituriyentlarning tanlov natijalari e'lon qilindi
· «Super-kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?
· Tashqi ishlar vazirligi Ryazandagi voqea bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
· Metroning «Do‘stlik» va «Ohangaron» bekatidagi qurilish ishlari qachon to‘liq tugashi ma'lum bo‘ldi
· Yangi parlament haqida o‘ylar – bizni nima kutyapti?
· DXXning vakolatlaridan biri Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkaziladi
· Senatorlar ayollar uchun nikoh yoshini oshirishni ma'qulladi
JAHON XABARLARI
· Putin AQSh harakatlariga qarshi javob choralari tayyorlashni topshirdi
· Yevrokengash raisi G7 sammitiga Rossiya o‘rniga Ukrainani chaqirishni taklif etdi
· Chechenistonda Yevropadagi eng katta masjid ochildi
· Ukrainaning besh prezidenti ilk bor bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planishdi
· BAAda deputatlikka 555 nomzoddan 200 nafarini ayollar tashkil qildi
SPORT XABARLARI
· Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga qur'a tashlandi. O‘zbekistonliklarning dastlabki raqiblari ma'lum
· APL. «Chelsi» mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
· «Barselona» urugvaylik futbolchini sotib olishga yaqin
· Tvitprevyu. A Seriya starti oldidan
Mavzuga oid
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020
Farg‘onada shaharlarga yangi hokimlar, propiska haqda yangi qonun loyihasi, Turkiyada koronavirusga qarshi yangi choralar va kunning boshqa xabarlari
21:19 / 03.04.2020