Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantiriş, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oşiriş, yoş avlod ma'naviyatini yuksaltiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, davlat rahbari yiğiliş davomida hokimlarning ta'lim tizimiga e'tibor qaratmayotgani haqida ham gapirib ötgan.

«Qaysi viloyat, tuman va şahar hokimi özining falon sonli maktabini yoki fanlar böyiça biror bir öqituvçisini namuna qilib, ğurur bilan maqtana oladi. Ming afsuski yöq. Çunki hali hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan, töğrisini aytadigan bölsak, umuman şuğullanayotgani yöq. 

Bugun çet eldan qança-qança investitsiya olib kelyapmiz. Qança-qança yangi korxonalar quryapmiz. «Aqlli şaharlar», «Aqlli uylar» quriş rejasini tuzyapmiz. Atom elektr stansiyasi barpo etişni boşladik. Bularning hammasida işlaş uçun yuksak bilimli, xorijiy tillarni, zamonaviy texnologiyalarni çuqur egallagan yoşlar kerak. Agar maktablarimiz ahvoli şunday bölsa, qayerdan topamiz bunday kadrlarni?» - deya aytib ötdi Özbekiston Respublikasi Prezidenti.