Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni ta'lim tizimiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
«Biz keyingi paytda, ming afsuski, «ma'naviyat» tuşunçasining obröyini tuşirib yubordik. Ma'naviyatga göyoki keraksiz narsadek munosabatda böldik. Bugun köpçilik yoşlar ongini iste'molçilik kayfiyati, Vatan, el-yurt taqdiriga beparvolik, «ommaviy madaniyat» körinişlari egallab olmoqda. Özingiz ayting, öz xalqining tarixini, ma'naviy va diniy qadriyatlarini hurmat qilmaydigan, ularni himoya qilişga qodir bölmagan odam vatanparvar va elparvar bölişi mumkinmi?
Buyuk ajdodlarimiz özlarining ilmiy va ijodiy kaşfiyotlari bilan dunyoga ustozlik qilişgan. Boşqalarga ergaşmagan, balki boşqalarni öz ortidan ergaştirgan. Biz ham ergaşuvçi emas, ergaştiruvçi kuçga ega xalq bölişimiz şart. Aks holda, taraqqiyot yölidan çekkaga çiqib, yana tanazzul botqoğiga botamiz. Ota-bobolarimiz erişgan marralarni osongina boy berib qöyamiz. Bu ajdodlar ruhiga, kelajak avlodlarimizga xiyonat emasmi? Bu sohada bugun şoşilinç çoralar körmasak, ertaga keç böladi.
Joylarda maktablarning qurilişi, öquv yiliga tayyorgarlik uçun hokimlar va sektor rahbarlari şaxsan mas'ul. Lekin, ularning ba'zilari bu masalaga yetarli e'tibor qaratmayapti. Şu sababli, Xalq ta'limi vaziri va tizim boşqaruv xodimlari bunday taşkiliy işlar bilan ovora bölib qolmoqda. Holbuki, Xalq ta'limi vazirligi ijtimoiy hayotimizdagi, hukumatdagi nufuzi va ta'siriga köra Moliya vazirligi bilan barobar bir mavqeda turişi kerak.
Vazirlik va uning bölinmalari ta'lim-tarbiyaning mazmuni, öquv dasturlari, uning sifati va öquv qöllanmalari bilan ta'minlaş masalalariga jiddiy e'tibor qaratişi zarur. Misol uçun, bugungi kunda respublikamiz böyiça 400 nomdagi 32 million nusxa darslik va öquv-metodik qöllanmalar naşr qilingan. Bu rejadagi körsatkiçning faqatgina 87,5 foizini taşkil etadi. Bu masalalar bilan bevosita şuğullanişi lozim bölgan Respublika ta'lim markazi, Abdulla Avloniy nomidagi rahbar xodimlar malakasini oşiriş instituti, viloyatlarda öqituvçilar malakasini oşiriş institutlari bor. Nizomiy nomidagi butun bir universitet, hududlarda 6ta pedagogika institutlari mavjud.
Lekin bu tuzilmalar öquv-tarbiya jarayonini takomillaştiriş, öqituvçilarning bilim va malakasini oşiriş, darsliklar saviyasini yaxşilaş uçun qanday amaliy işlarni qilmoqda? Bunday salohiyatdan nima uçun unumli foydalanilmayapti? Xalq ta'limi vaziri Ş.Şermatov, oliy ta'lim vaziri I.Majidov, innovatsion rivojlaniş vaziri I.Abdurahmonov bunga nima deydi?» - deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.













