Amaldorlar tomonidan öziga qanday mulozamat körsatilgani investor uçun asosiysi emas, unga eng avvalo qonuniy kafolat kerak.

Senat yalpi majlisida mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etiş mavzusida çiqiş qilgan Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev ana şunday fikrda. U bildirgan mulohazalarni Kun.uz muxbiri keltirib ötdi.

«Sarmoyadorlarga birinçi navbatda qonuniy kafolat kerak.

Biz ularga bergan oşimiz, kiydirgan tönlarimiz zoye. Ularga bu narsa kerak emas. Ularga aniq qonun va imkoniyatlar kerak. Şuni tuşunişimiz kerak», – deb hisoblaydi Sodiq Safoyev.

Senator öz sözida investitsiyaviy faoliyat sohasida mavjud ayrim muammolarga ham töxtalib ötdi.

«Xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar bilan uçraşuvlarda qonun hujjatlarining barqaror emasligi, bir-biriga zid normalar mavjudligi ularning faoliyatiga salbiy ta'sir körsatayotgani ta'kidlanmoqda.

Bu borada Vazirlar Mahkamasiga savol bermoqçiman, nima uçun bizda hali-hanuz qonun ijodkorligini aqlli tartibga soliş modeli – SOVAZ deymiz (sistema otsenki vozdeystviya aktov zakonodatelstvo) işlamayapti?

Barça davlatlarda, şu jumladan bizga qöşni davlatlarda bu zamonaviy usul, ya'ni majburiy baholaş tizimi işlamoqda. Biz hali bu narsani tölaqonli işga sola olganimiz yöq va bu menimça, bizning qonun ijodkorligimiz va qonunni hayotga tatbiq etiş tizimimizga salbiy ta'sir körsatmoqda.

Mamlakatimizning investitsiyaviy faoliyatini tartibga soluvçi qonunlarni takomillaştiriş töğrisida davlat rahbarining qator topşiriqlari, şu jumladan «Investitsiya va investitsiya faoliyati töğrisida»gi qonun loyihasi haqidagi topşiriqlari bajarilmayapti. Bir neçta konsepsiyalar va qonun loyihalari körsatilgan muddatlari ötib ketdi», – dedi Safoyev.

Senat raisining birinçi örinbosari investitsiyalarni jalb etiş maqsadida ötkazilayotgan tadbirlar saviyasini ham tanqid qildi.

«Afsuski, turli investitsion konferensiyalar, biznes forumlar köpinça yuzaki, miqdoriy körsatkiçga qaratilgan tarzda taşkil etilmoqda. Ularning natijadorligi past, vaholanki ularga ketayotgan mablağlar baland.

Bunday tadbirlarda asosan qatnaşuvçilarning umumiy soniga urğu berib kelinmoqda. Zamonaviy tajriba esa şunday biznes forumlarni festival tarzida emas, maqsadli targetlaş, ya'ni muayyan tarmoqqa, muayyan loyihaga qaratilgan 15-20ta bevosita aloqador investorlarni olib kelib, yengni şimarib, çoyni damlab, öşalar bilan masalani aniq muhokama qiliş afzalligini isbotlamoqda», – dedi u.