AQŞ va Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi davlatlari harbiy-dengiz kuçlarining hamkorlikdagi ilk maşğulotlari 2-6 sentabr kunlari Tailandning Sattaxip portidan Vetnamning Kamau provinsiyasi sohiligaça bölgan hududda bölib ötadi. Bu haqda Tailand harbiy-dengiz kuçlari qömondonligi bayonotida ma'lum qilindi.

Maşğulotlarda 8ta suvusti kemasi va dengiz aviatsiyasining 2ta samolyoti qatnaşadi, deyiladi bayonotda. 

Ma'lum qilinişiça, maşğulotlar vaqtida turli davlatlar dengizçilarining dengiz xavfsizligini ta'minlaş böyiça operatsiya ötkazişdagi hamkorligi maşq qilinadi.  

AQŞ va ASeAN davlatlarining hamkorlikdagi harbiy maşğulotlariga Tailand kontr-admirali Sompxong Naktxong va AQŞ Yettinçi flotining esminetslar eskadrasi komandiri kapitan Mett Jyerbi rahbarlik qiladi.