Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 davlatlari rahbarlari Amazoniya o‘rmonlaridagi yong‘inlarni o‘chirish uchun 20 mln yevro ajratadi
Yettilik guruhi (G7) davlatlari Amazoniya o‘rmonlaridagi yong‘inlarni bartaraf qilish uchun 20 mln yevro ajratishga qaror qildi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Chili prezidenti Sebastyan Pinera bilan muzokaralar vaqtida ma'lum qildi.
"Amazoniya – sayyoraning o‘pkasi va bu falokat hech kimni befarq qoldirmasligi kerak. Fransiya bu voqeaga befarq bo‘lmagan davlatlar qatoriga kiradi. Bu butun insoniyat uchun fojia. Biz bunga nisbatan harakatimizni ko‘rsatishimiz lozim", - dedi Makron.
U shuningdek, Amazoniya uchun xalqaro maqom ishlab chiqishni taklif qildi.
Chili prezidenti bu pullar tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun maxsus aviatexnika sotib olishga sarflanishini bildirdi.
Braziliya kosmik tadqiqotlar milliy instituti ma'lumotlariga ko‘ra, yanvardan avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yong‘inlar Braziliya hududidagi 1,88 mln gektar o‘rmonni yo‘q qilgan.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026