02:08 / 26.08.2019
13989

La Liga. «Barselona» 7ta gol urilgan o‘yinda «Betis»ni yengdi. Grizmannda dubl

Foto: Twitter/LaLiga

La Ligada 2-turning oxirgi o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida «Betis»ni qabul qilgan «Barselona» 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar safida Antuan Grizmann ikkita gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.

Jamoalarning «Kamp Nou»da o‘tgan yilgi o‘yinida ham 7ta gol urilgan va unda «Betis» 4:3 hisobida g‘alaba qozongandi. Shu tariqa Messisiz o‘ynagan «Barselona» revansh olishni uddaladi. «Betis» safida Nabil Fekir ham ilk golini urishga erishdi. «Barselona» mavsumdagi ochkolar sonini ochgan bo‘lsa, «Betis»da hamon 0 ochko qoldi.

La Liga. 2-tur
Barselona – Betis 5:2
Gollar: Grizmann (41, 50), Karles Peres (56), Alba (60), Vidal (77) – Moron (79), Fekir (15).
Barselona: ter Stegen, Langle, Pike, Semedu, Serdji Roberto, Rafinya (Firpo, 81), de Yong, Karles Peres (Fati, 78), Buskets (Vidal, 74), Alba, Grizmann.
Betis: Dani Martin, Bartra, Sidney, Emerson, Pedrasa, Guardado (Xoakin, 61), Vilyam Karvalyu, Telo (Kaptum, 61), Kanales (Laynes, 75), Fekir, Moron.

Top