Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron G7 yetakchilariga okeanlardan yig‘ib olingan plastiklardan tayyorlangan soatlar sovg‘a qildi
G7 sammitining iqlim bo‘yicha sessiyasiga taklif etilgan davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlariga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning o‘ziga xos sovg‘asi - okeanlardan yig‘ib olingan plastiklardan tayyorlangan soatlar taqdim qilindi. Bu haqda Fransiyaning BFMTV telekanali xabar berdi.
"Katta yettilik" sammiti Fransiyaning Biarrits shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Sammitning asosiy mavzularidan biri iqlim mavzusi bo‘ladi.
"G7 sammitining iqlim bo‘yicha sessiyasiga taklif etilgan davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Fransiya prezidentining sovg‘asini olishdi. Sovg‘a o‘ziga xos: okeanlardan yig‘ib olingan plastiklardan tayyorlangan soat", - deya qayd etadi telekanal.
Ilgari G8 shaklida bo‘lgan mazkur guruhga hozirda Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Kanada kiradi. Rossiya guruhdan 2014 yilda chiqarib yuborilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
13:13 / 03.04.2026