2019 yil 9 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Şerobod tuman sudi binosida “Angor paxta tozalaş” AJ direktoriga nisbatan hukm öqildi. Sudya Z. Narziyev raisligidagi ayblanuvçi T.X.ga nisbatan 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a,v” bandlari va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoiy iş örganib çiqildi va dalillarga baho berildi.
Aniqlanişiça, sudlanuvçi “Angor paxta tozalaş” AJ boş direktori vazifasida işlaş çoğida “PK-17” qabul varaqasi va “7-XL” şaklidagi paxta harakatini hisobga oliş daftarlarining tegişli qismini töldirib, qalbakilaştirgan. Hujjatning soxtaligini bilgan holda, qabul qilinmagan paxta xomaşyosi uçun tölovni amalga oşirişga asos böluvçi rasmiy hujjat sifatida bankka topşirgan. Taqdim qilingan hujjatlar asosida 1 894.4 tonna paxta xomaşyosi uçun fermer xöjaliklarining hisob-raqamlariga 2 406 863 000 söm ötkazişga erişgan. U xizmat mavqeini suiiste'mol qilib, davlat mablağlarini talon-toroj qilgan, deya baholangan.
Sobiq direktorga 167-moddasi 3-qismining “a” bandi va 209-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan deb topildi.
Unga nisbatan:
– 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik işlarida işlaş huquqidan mahrum qiliş;
– 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatiş işlari (iş haqining 30 foizini davlat daromadiga uşlab qoliş şarti bilan) jazosi tayinlandi.
Yetkazilgan zarar töliq qoplanganligi inobatga olingan. Hukmdan norozi tomonlar tegişli tartibda şikoyat beriş tartibi tuşuntirildi.
















