Agentlik axborot xizmatining ma’lum qilişiça, ayni vaqtda «Xöjayikon» tuz ğori madaniy meros obektiga zarar yetkazişi mumkin bölgan holatlar mavjud.
Xususan, uşbu obektdan Surxondaryo viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi tarkibidagi Şerobod tumani tibbiyot birlaşmasi xöjalik hisobidan tegişli asoslantiruvçi hujjatlarsiz foydalanib kelmoqda. Bu madaniy meros obektining muhofazasini ta’minlaşda bir qator qiyinçiliklarni yuzaga keltirmoqda.
«Xöjayikon» tuz ğori madaniy meros obektidan Şerobod tumani tibbiyot birlaşmasining majburiy tartibda çiqarilişini sörab, joriy yilning 18 aprel kuni «Termiz» davlat muzey-qöriqxonasi tomonidan Termiz tumani tumanlararo iqtisodiy sudiga davo arizasi kiritilgan.
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan yakuniy sud qarori çiqarilişida «Xöjayikon» tuz ğori madaniy meros obektining kadastr hujjatlari rasmiylaştirilişi yuzasidan Termiz tumanlararo ma’muriy sud qarori çiqarilişi kutilmoqda.
15 iyun kuni Termiz tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan körib ötilgan işda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlari asosida «Xöjayikon» tuz ğori madaniy meros obektining «Termiz» davlat muzey-qöriqxonasiga kadastr hujjatlari rasmiylaştirilib, egalik huquqi berilgani noqonuniy deb topilmoqda.
Qayd etilişiça, mazkur tuz ğori 1989 yilda oçilgan bölib, Surxondaryo viloyatining Şerobod tumani Köhitang toğ tizmasi etaklarining janubi-şarqiy yonbağrida, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylaşgan.

















