2020 yilning 6 sentabr kuni soat 20:20larda 43 yoşli M.B. özining boşqaruvida bölgan Cobalt rusumli avtomaşinasi bilan Surxondaryo viloyati Şerobod tumani “Vandob” mahallasi hududidan ötuvçi mahalliy içki yölda “Vandob” mahallasidan “Çorboğ” mahallasiga qarab katta tezlikda harakatlanib ketayotgan bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, şu vaqtda u avtomaşinaning boşqaruvini yöqotib, yölning çap tomon çekkasiga çiqib, ağdarilib ketişi oqibatida yöl-transport hodisasini sodir qilgan.

YTH oqibatida Cobalt rusumli avtomaşinada bölgan yölovçi, 34 yoşli Ş.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Haydovçi esa yengil tan jarohati olib tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, yöl-transport hodisasi sodir etilişiga sabab sifatida mahalliy yölga şağal toş yotqizilgan joyda tezlikni oşirib haydaganligi taxmin qilinmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Şerobod tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovçilar, yöllarda harakatlanganda belgilangan yöl harakati qoidalariga töliq amal qilişingizni hamda huşyorlikni oşirişingizni söraymiz, zero yöldagi birgina xato boşqalarning hayotiga xavf solişini unutmang!” - deyiladi ma'lumotda.