«Bunday ona tili ta'limi özimizni aldaşdan boşqa narsa emas!» – Tilşunos olim bilan suhbat
|02:16 / 28.08.201952 96015 min
Ijtimoiy hayotdagi muammolarning yeçimi oldimizga yangi-yangi muammolarni qöyadi. Aslida taraqqiyotning mohiyati ham, mantiği ham mana şunda. Bu – jamiyat taraqqiyotida muhim rol öynaydigan ta'lim sohasiga ham birday tegişli. Ayniqsa, milliylikning ifodasi bölgan ona tili ta'limida közga yaqqol taşlanadi. Bu boradagi muammolar va ularning yeçimiga doir fikrlarini biliş maqsadida sohaning yirik mutaxassisi, professor Baxtiyor Mengliyevni suhbatga tortdik. Albatta, ustozning fikrlarida bahstalab örinlar ham yöq emas. Şuning uçun takliflarni Kun.uz öquvçilari e'tiboriga havola etişni ma'qul topdik.
– Hozirgi kunda ona tili ta'limidagi muammolar nimalarda körinadi?
– Hammamiz maktabda fizika, kimyo, matematika, biologiya predmetlarini öqiganmiz. Ulardan qoyillatib beş baho olganmiz. Ammo köp hollarda oddiygina elektr çiroği patronini örnatişni ham, daraxtni payvand qilişni ham, yulduzlarga qarab vaqtni aniqlaşni ham, jarohatga qanday malham qöyişni ham, biror narsaning hajmini hisoblaşni ham eplay olmaymiz. Hatto oddiygina isitiş tizimidagi suvning aylanma harakatini ham tuşunmaymiz. Nega? Çunki biz olgan ta'lim hayotdan uzilib qolgan. Hamma ham fizik, matematik, biolog bölavermaydi-ku! Şuning uçun öquvçida hayotiy kompetensiya birinçi öringa çiqişi lozim edi.
Endi özimizning «Ona tili»mizga kelaylik. Ona tili ta'limining ahvoli qanday? Boşi ham, adoği ham yöq, buning ustiga darslikdan darslikka ötiş, sinfdan sinfga köçiş bilan özgarib turadigan son-sanoqsiz ilmiy (lingvistik) qoidalarni yodlatamiz. Matnning, berilgan gaplarning avra-astarini çiqarib, ipidan ignasigaça tahlil qildiramiz. Biroq bu «bilim»lar oğzaki va yozma nutqimizga qay darajada ta'sir qilişi haqida öylab ham körmaymiz.
Bolalarimizning nutqi qanday? Tutiladi, duduqlanadi. «Anaqa», «haligi», «nima desamikin», «öşa-de» kabilarni har ikki söz orasida göyo «boğlama» sifatida qöllaydi va bundan hijolat ham bölmaydi. Arizani qoyillatib yozib, fikrini lönda va aniq tuşuntirib bera olmaydi. Davralarda mikrofon tutqazib qolişsa qoçib, ta'ziyalarda marhumning yaqinlariga «bandalik» ifodasidan boşqa biror sözni yolçitib aytolmaydi.
Biz, öqituvçilar esa unli tovuşning til oldi va til orqaligi, lablangan-lablanmaganligi, quyi keng, örta keng, yuqori torligi, til undoşning lab-lab, lab-tiş, til oldi, til yoni, til örta, til orqa tovuşining yaqin til orqa, çuqur til orqaligi haqidagi bilim şaxsning tildan foydalaniş malakasini qanday va qançalik ta'minlaşi haqida öylab ham körmaymiz.
Ona tili predmeti töla-tökis tilşunoslik faniga aylanib böldi. Öqituvçi ham, öquvçi ham, ota-onalar ham ona tili ta'limi deganda tilşunoslik qoidalarini yodlaş va ularga doir maşq va topşiriqlarni bajarişdan boşqa narsani tasavvur qila olmaydigan bölib qoldi. Birinçi planda turişi kerak bölgan oğzaki va yozma nutq böyiça savodxonlik, nutq va muloqot madaniyati, boy söz zaxirasi, notiqlik eng oxirgi örinlarga tuşib ketdi.
Mavzuga oid
Öquvçilarning qölida öquv luğatlarining yöqligi, hatto tuzuk-quruq imlo luğatining mavjud emasligi, ona tili darslarida luğat daftarlari yuritilmasligi – buning inkor qilib bölmaydigan dalili. Hatto inşo yozişni örgatadigan texnologiya ham, manba ham yöq. Har qanday öqituvçi inşo mavzusini beriş, şablon reja tuziş va epigraf tanlaşdan boşqa tavsiya bera olmaydi. Öquvçilarda matn yaratiş könikma va malakasi mutlaqo şakllanmasdan qolayapti. Ayrim iqtidorli bolalar öqigan matnlariga taqlid qilib, mustaqil ravişda yozma nutqlarini takomillaştiradilar, xolos.
Bunday ona tili ta'limini bolalarni, özimizni, jamiyatni aldaşdan boşqa narsa emas! Uni tubdan isloh qilmas ekanmiz, bu aldov yana köp yillar davom etadi.
– Bu borada yutuqlar ham bormi? Balki, sohaga ijobiy nigoh ham taşlaş kerakdir?
– Albatta. Mustaqillik yillarida ona tili ta'limi tizimida ayrim jihatlardan katta yutuqlarga erişildi. Fidoyi ustozlarimiz, ta'lim jonkuyarlari professorlar Hamid Ne'matov, Abduhamid Nurmonov, Nizomiddin Mahmudov, Ra'no Sayfullayeva, Askar Ğulomov, Muhammadjon Qodirov, Muhabbat Abduraimova va boşqalarning vatanparvarlik, millatparvarlik hissi bilan yöğrilgan maşaqqatli mehnatlari, milliy til rivoji va ona tili ta'limi uçun fidoyiliklari natijasida:
– ta'lim oluvçilarda milliy tafakkur va dunyoqaraşni, mustaqil mantiqiy, ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalaşga qaratilgan ta'lim maqsadi işlab çiqildi;
– milliy tilimizning öziga xos qurilişi talqinini öz içiga olgan ta'lim mazmuni yölga qöyildi;
– tafakkur salohiyatini rivojlantirişning eng samarador ta'lim usuli joriy etildi.
Ta'lim maqsadi yangilandi. Sobiq tuzum davrida ona tili ta'limida ta'lim maqsadi masalasi kun tartibiga qöyilmagan. «Mustaqil va ijodiy tafakkur sohibini yetiştiriş, ularda fikr mahsulini nutq şaroitiga mos ravişda oğzaki va yozma şakllarda töğri, ravon va lönda ifodalaş malakalarini şakllantiriş» tarzida umumlaştirilgan ta'lim maqsadi bizning ona tilimiz ta'limidan boşqa milliy tillar ta'limida uçramaydi, desak mubolağa bölmaydi. Bu ta'lim oluvçilarda milliy ong va qadriyatlarni rivojlantirişda misli körilmagan darajada katta ahamiyat kasb etadi. Ta'lim maqsadi öquv dasturlari va u asosdagi zamonaviy ona tili darsliklarida çorak asr davomida öz ifodasini topib kelmoqda.
Ta'lim mazmuni tubdan özgardi. Umuman olganda, özbek tili ham, sobiq ittifoq hududidagi barça milliy tillar talqinida bölgani kabi aksar hollarda, ayniqsa, uning fonetik va grammatik tizimi rus tili qoliplari asosida işlab çiqilgan bölib, agar talqinlar tegişli tillardan keltirilgan dalillardan xalos qilinsa, ular göyo rus tili talqinlarining özi bölib qolaverar edi. Mustaqillik şarofati bilan özbek tilşunoslari özbek tilining sof turkona tabiatini ilmiy tavsiflaşda, tilimiz ta'limida ham uşbu tamoyilga tayanib iş kördilar. Natijada ona tili ta'limi mazmuni qisqa muddat içida ğayrimilliy unsurlardan töla-tökis xalos etildi. Istiqlolgaça bu faqat orzu qilinadigan, uşalmas bir narsa edi.
Ta'lim usuli ham yangilandi. «Labbaygöy», «doim tayyor», ijroçi şaxs reproduktiv va retroskopik ta'lim usuli bilan yetiştiriladi. Buning zararli oqibatlarini ilmiy asoslab berişgan mazkur ta'lim fidoyilari mustaqil mantiqiy, ijodiy va obrazli tafakkur sohibini tayyorlaşning yagona usuli bölgan kognitiv-pragmatik metodni ona tili ta'limi jarayoniga tatbiq etişdi.
Ta'bir joiz bölsa, ta'lim samaradorligini töla ma'noda ta'minlaş omili bölgan bu uç ajralmas uzvning yaxlitlikda ona (özbek) tili ta'limiga joriy etilişini töla ma'noda inqilobiy hodisa, ma'naviy jasoratning yorqin namunasi deyiş mumkin. Ona tili va ta'lim fidoyilarining bu xizmatlari, şubhasiz, yuksak ehtiromga loyiq.
– Biz ona tili ta'limida siz aytgan ayançli ahvolga qanday kelib qoldik? Bunga nimalar ta'sir qildi?
– Ma'lumki, XIX asrning keyingi yarmida Yevropa va Ğarbda sanoatlaşuv davri boşlandi. Sanoqli kişilar işlaydigan kiçik sexlar, artellar, ustaxonalar, dökon-dastgohlar, kiçik manifakturalar örnini katta-katta, zamonaviy zavod va fabrikalar egallay boşladi. Ularda mamlakatning turli burçaklaridan kelgan, har xil şevada gapiradigan ming-minglab işçilar işlaşar, tabiiyki, ularning özaro muloqotlarida, zamonaviy texnika bilan «tillaşa» olişlarida, albatta, muammolar mavjud edi. Mehnat unumdorligiga erişiş uçun işçilar savodli bölişlari, loyihalarni öqiy olişlari, dastgohlarning texnik yöriqnomalaridan foydalana bilişlari, zarur hollarda texnik ta'lim ola bilişlari kerak edi. Şu tariqa, sanoat, işlab çiqarişning şiddatli yuksalişi milliy tillarning adabiy me'yorlarini işlab çiqiş, yagona adabiy tilni şakllantiriş va uning ta'limini taşkil etiş zaruratini kun tartibiga qöydi.
Bu holat Özbekistonimiz uçun ham begona emas edi. Ötgan asrning ilk çoragida hali hozirgi özbek adabiy tili (aslida tili emas, balki nutqi) şakllanmagan, me'yorlari işlab çiqilmagan, busiz esa na ta'limni, na iş yuritişni yölga qöyib bölar edi.
Adabiy til taraqqiyot uçun suv va havodek zaruratga aylandi. Ma'lumki, adabiy til umumxalq tilining me'yorlaştirilgan körinişi bölib, bu me'yorlar orfoepik (talaffuz), orfografik (imlo) va grammatik (gap qurilişi) hamda uslubiy (söz tanlaş va qöllaş) turlarni öz içiga oladi. Adabiy til ilmiy asoslangan me'yorlardan iborat böladi. Şuning uçun ilk boşlanğiç sinflar taşkil etilib, öquvçilarga adabiy tilning zarur qoidalari singdirila boşlagan. Ya'ni, harf va tovuşlar, undoş tovuşning turlari va özgarişi, imlosi, böğin va urğu, söz ma'nolari, söz turkumlari, şakl yasovçi qöşimçalar va ularning imlosi, gap bölaklari, sodda va qöşma gap, tiniş belgilari, talaffuz va imlo qoidalari, til birliklarining uslubiy xususiyatlari kabilar. Adabiy nutqqa örgatiş uçun şuning özi, uning ta'limi uçun boşlanğiç sinf yetarli edi. Bu bilimlar töla ma'nodagi ZARUR VA IŞLAYDIGAN BILIM edi.
Keyinçalik yetti yillik ta'limga ötildi. Ana şu vaqtdan adabiy til ta'limidagi zaruratning an'anaga aylanişi yuz bera boşladi. Yuqori tört (4–7) sinf uçun yangi talab va maqsad qöyilmasdan, öziga xos ta'lim mazmuni işlab çiqilmasdan, boşlanğiç sinflar uçun belgilangan zaruriy bilimlar nozarurlari bilan çuqurlaştirilaverdi. Ta'limdagi miqdor özgarişlari natijasida sifat özgarişlari yuz bera boşladi – adabiy til ta'limida tilşunoslikning nazariy asoslari köproq örin egallay boşladi. Adabiy nutq ta'limi lingvistik bilimlar soyasida qola boşladi. Ön, keyinçalik ön bir, bora-bora ön ikki yillik örta ta'limga ötilgaç, ona tili ta'limi özining asl maqsadidan çekinib, asosan tilşunoslikka aylanib qoldi.
– Ona tili ta'limida nimalarni boy berdik, darsliklarimiz qay ahvolda?
– Ta'limda öqituvçi oğir tilşunoslik bilimlarini, ya'ni tuşunça va qoidalarni öquvçiga yetkazişga, uning bilimiga aylantirişga urinar ekan, faqat maktab ta'limi uçun xos bölgan asosiy vazifa – öquvçida töğri talaffuz, imlo, uslub, söz san'ati (yangi sözlarni özlaştiriş, sözlarni tanlaş, sözlarni töğri qöllaş)ga doir könikma va malakalarni şakllantiriş, könikmani malakaga, malakani odatga aylantiriş muammosiga öz-özidan keyingi darajali masala sifatida qaraydigan bölib qoldi. Joriy darsliklarimiz tubdan yangilanişi kerak. Çunki:
birinçidan, eng a'loçi öquvçi ham şaxsning söz boyligini körsatuvçi, özi öqiyotgan, hatto maktab dasturiga kiritilgan badiiy asarlardagi junbuşga kelmoq, çapdast, rutubat, jarohat, yara, ohanrabo, habib, hassos, quralay, ğavvos, tunamoq kabi minglab sözlarning ma'nolarini tuşunmay ötib ketaveradi. Çunki ona tili ta'limi – söz ta'limi bölmay qolgan;
ikkinçidan, öquvçilarning yangi sözlarni egallaşi, söz boyligini oşirib borişi zarurati şu darajada kamayib ketganki, hatto ona tilidan luğat daftari yuritilmaydi;
uçinçidan, ona tili maşğulotlarida luğatlar bilan işlaşga yönaltiradigan maşq va topşiriqlar deyarli yöq;
törtinçidan, öquvçilarning yoş xususiyatlariga mos, özbek tilining har bir davrdagi xususiyatlarini özida aks ettiradigan va tasdiqlangan öquv luğatlari çop etilmagan;
beşinçidan, maktab darsliklarining ilovasida egallanişi, özlaştirilişi lozim bölgan sözlarning emas, balki lingvistik terminlar luğatlarining ilova qilib kelinayotganligi ham ona tili maşğulotlarining tilşunoslik darslariga aylanib qolganligini körsatadi.
Söz, ibora, maqol, matallar, ularning qöllanişi, imlosi kabi masalalar maktab ona tili ta'limi mazmunining asosi, özagini taşkil etişi lozim.
– Mavjud muammolarni yeçiş uçun qanday taklif va tavsiyalaringiz bor?
– Ona tili ta'limi öquvçini söz saltanatiga olib kirişi kerak. Buning uçun til va adabiyot fanlari integratsiyasi masalasini mutlaqo qayta körib çiqiş lozim.
Ma'lumki, 8-sinf adabiyot darslarida, asosan, mumtoz adiblarimiz ijodi örganiladi. Demak, şunga muvofiq ravişda, bu sinfda ona tili darslari «Ona tili. Mumtoz söz» deya nomlanib, öquvçilar mumtoz matnlar mazmunini örganişlari, tahlil qilişlari, sözlarning zohiriy, botiniy, ramziy ma'nolarini örganişlari, luğatlar bilan işlaşlari, ma'no «mağiz»larini çaqişlari zarur. Bu quyidagi jihatlari bilan e'tiborga molik böladi:
birinçidan, öquvçilar mumtoz adabiyotga ongli ravişda oşno böladilar;
ikkinçidan, ularning söz zaxirasi, demakki, nutqi muttasil boyib boradi;
beşinçidan, öquvçilarimizda mantiqiy, obrazli, assotsiativ fikrlaş, tafakkur yuksalib boradi.
Aytilganidek, 5-sinfdan boşlab har bir sinfda töğri, ravon va boy nutqning asosiy vositasi bölgan sözning turli qirralariga alohida e'tibor qaratiladi. Masalan, «Ona tili. Söz mulkiga sayohat» (5-sinf), «Ona tili. Söz sehri» (6-sinf), «Ona tili. Fasohat» (7-sinf), «Ona tili. Madaniy nutq» (9-sinf) kabi.
Öquv luğatlari zarurligi haqida köp gapirib va yozib kelinmoqda. Öquv luğatlari yaratilmas, öquvçilarning stolida ona tilidan uning yoşiga mos köplab öquv luğatlari turmas, buning uçun öquv leksikografiyasi nazariy va amaliy soha sifatida tizimli yölga qöyilmas ekan, ona tili ta'limi özining haqiqiy mohiyatidan begonaligiça qolaveradi.
Mamlakatimizda öquv luğatçiligi sohasi eng oqsoq sohalardan. Uning yetarli darajada şakllanmaganligi – luğatlarni tayyorlaş va naşr qiliş bilan boğliq ilmiy va moliyalaştiriş tizimi yaratilmaganligi bilan boğliq.
Ona tili ta'limidagi farzandlarimizning bilimli, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikr, tafakkur sohiblari bölib voyaga yetişiga tösqinlik qilayotgan muammolar haqidagi bu fikr va takliflarimizga ularning yeçimiga bevosita yoki bilvosita daxldor soha mutasaddilari, mutaxassislari, umuman, ta'lim fidoyilari befarq bölişmaydi va özlarining xolis munosabatlarini bildirişadi, degan umiddamiz.