O‘zbekiston Milliy banki va Xitoy davlat taraqqiyot banki 500 million Xitoy yuani miqdorida shartnoma imzoladi

2019 yil 26 avgust kuni Pekinda (XXR) O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining beshinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (O‘zmilliybank) 500 million Xitoy yuanida mablag‘ jalb qilish uchun Xitoy Davlat taraqqiyot banki (XDTB) bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu shartnoma yettinchi kelishuv bo‘lib, bu ikki bank o‘rtasida mustahkam o‘rnatilgan hamkorlikdan dalolat beradi. XDTB bilan o‘zaro ishlash tajribasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida muhim investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish samaradorligini namoyish etadi. Shu bilan birga, Xitoy yuanida bunday bitimning imzolanishi Milliy bankning Xitoyning yetakchi moliya instituti bilan hamkorlik tarixidagi birinchi bunday hujjatdir.
Xitoy yuanida moliyalashtirishni jalb qilishning asosiy afzalligi LIBOR stavkasidagi sakrashlarga bog‘liqlik yo‘qligi. Bundan tashqari, yuandagi tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar boshqa davlatlarning valutalarida to‘lovlarni amalga oshirishda valuta konversiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Xitoy yuanidagi pul-mablag‘lari kursning o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytiradi va Milliy bank mijozlariga uzoq muddatli moliyalashtirishda yanada qulay shart-sharoitlarni taqdim etadi.
Shu bilan birga, ushbu kelishuv Xitoy yuanida yangi to‘lov usullaridan foydalanishni nazarda tutadi, shu bilan Xitoy yuanidagi to‘lovlar Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchining hisobiga o‘tkaziladi, bu esa ikki mamlakat va sheriklar o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshirish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.
Moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarga va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga yangi turtki beradi, shuningdek qulay shart-sharoitlarda pul-mablag‘larini jalb qilish imkoniyatini beradi. Bu esa O‘zbekistonda yangi yirik investitsiya imkoniyatlarini yaratadi.
Ma'lumot o‘rnida: Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki (XDTB) 1994 yil mart oyida yirik sanoat tarmoqlarini, shu jumladan energetika va transportni rivojlantirishni modernizatsiya va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan. Xitoy moliya institutining asosiy maqsadi iqtisodiiyot rivojlanishi va strategik tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab, markaziy hukumatning makroiqtisodiy siyosatini tartibga solish. XDTBning asosiy faoliyati uzoq muddatli sarmoyalar berish va obligatsiyalar chiqarishdir.
«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi
Sport | 11:50
-
Oldi olingan to‘ntarish, qayta tekshiriladigan GES va qimmatlagan go‘sht - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:20
-
Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 09:37
-
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
Sport | 09:20
Mavzuga oid

17:48 / 29.11.2024
Qozog‘iston Milliy Banki 2022 yildan beri birinchi marta bazaviy stavkani oshirdi

21:51 / 27.10.2022
Ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar “Milliybank”. Samarqandda fuqaro yemagan somsaga pul to‘lamoqda

16:43 / 30.09.2021
Milliy bank 10 milliard rubllik obligatsiyalar joylashtiradi

10:24 / 23.08.2020