Ommaviy axborot vositalarida Oliy Majlis Senati a'zosi, Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi Sodiqjon Turdiyev salomatligi tufayli öz arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda «Andijonnoma» gazetasi sayti ham ma'lumot bergan.

Unda aytilişiça, Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirokida Andijon şahridagi Yoşlar markazida ötkazilgan apparat yiğilişida Sodiqjon Turdiyev davolanişga yotgani, uning örniga Zokirjon Davronov tuman hokimi vazifasini bajaruvçi bölgani ma'lum qilingan.

«Sönggi paytlarda Sodiqjon aka köp kasal bölmoqda. Bir neça oydan buyon vazifasidan ozod etişni iltimos qilib kelardi. Salomatligi kötarmagani bois iltimosini qabul qildik. Örniga tuman hokimining birinçi örinbosari Zokirjon Qobuloviç Davronovni vaqtinça hokim vazifasini bajaruvçi etib tayinladik», deya hokimning sözlari keltirilgan xabarda.

Kun.uz xabarga oydinlik kiritiş uçun Zokirjon Davronov bilan boğlandi.

«Ayni paytda Sodiqjon Turdiyev kasalxonada davolanmoqda. U kişining işdan ketiş töğrisida ariza yozgani haqida ma'lumotga ega emasman. Davolangaç, soğayib öz işiga qaytiş-qaytmasligini esa vaqt körsatadi. Menga tuman hokimi vazifasini vaqtinçalik bajarib turiş vazifasi yuklatilgan», deydi u.

Zokirjon Davronov 1968 yilda Jalaquduq tumanida tuğilgan, ma'lumoti böyiça mutaxassisligi iqtisodçi, moliyaçi. 1997 yilda Andijon iqtisodiyot va boşqaruv instituti hamda 1999 yilda Özbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Turli yillarda Jalaquduq, Izboskan tumanlari, Qorasuv şahar soliq inspeksiyasi, Andijon şahar budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi, Qörğontepa tumani ğazna bölimi boşliği lavozimlarida işlagan. 2017 yildan buyon Jalaquduq tumani hokimining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi.

Ma'lumot uçun, Sodiqjon Turdiyev 2010—2013 yillarda Xalq deputatlari Asaka tuman kengaşi deputati bölgan. 2012 yilga qadar «Asaka jilosi» fermer xöjaligiga rahbarlik qilgan. 2012 yil noyabrida Özbekiston Fermerlar kengaşi raisligiga saylangan. U 2013 yil dekabrida ÖzLiDeP yetakçiligiga saylangan, 2015 yilda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari bölgandi. 2018 yilning avgustida esa partiya liderligini tark etib, Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.