Joriy yilning 28 avgust kuni Mustaqillik ayyomi munosabati bilan Jizzax garnizoni Baxmal tumanidagi harbiy qism xizmatçilari tomonidan 2-guruh nogironi Ahad Ahmedovni uyidagi ta'mirlaş işlari yakuniga yetkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birinçi xonadon bekasi Şafoat Mutalova turmuş örtoği 2-guruh nogironligi sababli uyini ta'mirlab berilişini sörab bir neça marotaba hokimlikka murojaat qilgan va amaliy natija bölmagan.
Ayyom munosabati bilan mazkur xonadonda harbiylar mehmon bölişdi va u yerni ta'mirlaş işlarini boşlab yuborişdi. Uyning tomi yopilişi uçun material keltirildi. Nosoz elektr simlari yangisiga almaştirildi. Deraza örnatilib, xonadon içki qismida montaj işlari yakuniga yetkazildi.






Şuningdek, Bekkeldi qişloği, “Baxmal” mahallasida istiqomat qilayotgan boquvçini yöqotgan Mavluda Musurova va uning qizi, 2-guruh nogironi Iroda Tölqinova oilasiga mikrotölqinli peç va oşxona anjomlari sovğa qilindi.

















