2014 yilning 23 oktabr kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani, "Novqa" qişloğida istiqomat qilgan, 1996 yil tuğilgan qiz yaşaş uyidan fuqarolik pasportini oliş uçun çiqib ketib, qaytib kelmagan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, şundan söng qizning onasi huquqni muhofaza qiluvçi organga murojaat qilgan. Biroq, 6 yil ötsa-da qizning na tirigi, na ölgani tasdiqlanmagan.
“Azaldan yozilgan haq söz bor – jinoyatga jazo muqarrar. Şunday ham böldi. Ya'ni, Jizzax viloyati içki işlar boşqarmasi jinoyat qidiruv boşqarmasi xodimlari olingan ma'lumotlarga asosan bedarak yöqolgan qizning jasadi va uşbu qotillikni sodir etgan şaxsni aniqladi”, - deyiladi ma'lumotda.
Ma'lum bölişiça, 2014 yilning 23 oktyabrida qiz "Möğol" qişloq fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi, 1991 yil tuğilgan erkakning yaşaş uyiga kelgan va undan homilador ekanligini bildirgan. Kutilmagan uşbu gap qiz va yigit örtasida janjalga sababçi böladi.
Oqibatda yigit qizning yuziga qattiq zarba berib yiqitgan. Şu atrofdagi elektr simi bilan böğib joniga qasd qilgan va jasadni gilamga örab, qurilişi tugallanmagan uyi oldiga kömib yuborgan.

















