Jizzax viloyat hokimligi kimni aldamoqda: Baxmalda fermerlarning yerlari olib qöyilişiga prezident qarorining aloqasi yöq!
|02:35 / 19.07.202041 2909 min
Jizzax viloyati hokimligi kimni aldamoqda: Baxmalda fermerlarning yerlari olib qöyilişiga prezident qarorining aloqasi yöq!
Kun.uz sayti muxbirlari Baxmal tumanida faoliyat körsatayotgan fermerlar murojaatiga asosan mazkur tumanda bölib, jurnalist suriştiruvi ötkazdi. Örganiş natijasi ölaroq «Baxmalda fermerlarning yeri tovon tölanmasdan italyanlarga berilmoqda: deputatlar kimning foydasiga qöl kötarişgan?» sarlavhali maqola e'lon qilindi.
18 iyul kuni Jizzax viloyati hokimligi rasmiy veb-saytida uşbu maqolaga raddiya bildirildi.
Raddiyada «Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi «Yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklarni muhofaza qiliş, madaniy holda yetiştiriş, qayta işlaş va mavjud resurslardan oqilona foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4670-sonli qaroriga muvofiq «BMB-TRADE GROUP» kompaniyasi va Italiya davlatining «OPERA SRL» kompaniyasi hamkorligida Baxmal tumanida «BMB-OPERA ZAFFERANO» MÇJ şaklidagi Özbekiston-Italiya qöşma korxonasi taşkil etilgani, uşbu qöşma korxona 2020-2022 yillarda dorivor ösimliklarni yetiştiruvçi, qayta işlovçi va eksport qiluvçilar röyxatiga za'faron yetiştiriş va qayta işlaş loyihasi taşabbuskori sifatida kiritilgani aytiladi.
E'tibor qiling, yuqorida tilga olingan Prezident qarorida asosiy turdagi dorivor ösimliklarni yetiştirişga ixtisoslaştiriladigan hududlar röyxati ham e'lon qilingan. Taassufki, mazkur röyxatga köra Jizzax viloyati, xususan Baxmal tumanida aççiq ermon, dorivor limonöt, katta zubturum, qalampir yalpiz, qizil zirk,
Mavzuga oid
böymadaron
,
jağ-jağ
,
ola öt
,
Samarqand böznoçi
,
tikanli kovul
,
Turkiston arslonquyruği
, dölanasi ekiş közda tutilgan.
Hujjatning biror bandida ZA'FARON haqida gapirilmagan!
Demak, bu yerda Baxmal tuman hokimligi eng kamida Prezident qarorini boşqaça talqin qilib, undan boşqa maqsadda foydalanmoqda.
Prezident qaroriga köra, Jizzax viloyatida umuman za'faron ekiş közda tutilmagan bölsa-da, nega viloyat hokimligi bu loyihaning tepasida turibdi? Nega aniq keltirilgan röyxatdan çetga çiqilgan? Jizzaxda fermerlarning yeri olinib, za'faron ekilayotganidan Hukumat va boşqa rasmiy idoralarning xabari bormi?
Raddiyada Kun.uz ga intervyu bergan uçta fermer xöjaligi deyarli noqonuniy faoliyat körsatayotgani, yerni taşlab qöygani, elektr energiyasidan qarzdorligi va iş örni kam yaratgani aytilmoqda. Bundan taşqari, «BMB-OPERA ZAFFERANO» MÇJ qöşma korxonasi faoliyatini boşlasa, fermerlarga qaraganda bir neça barobar davlatga soliq tuşumlari ortişi ma'lum qilingan.
Bizga bu ma'lumotlar taqdim etilgan bölsa-da, maqolada foydalanmaganimiz aytilmoqda. Vaholanki, Baxmal tuman hokimligidan tahririyatga atigi ikkita hujjat taqdim etildi. Biri – xalq deputatlari tuman kengaşining 2020 yil 7 apreldagi qarori. E'tibor bering, bu qaror raddiyada asos qilib körsatilayotgan Prezident qarori qabul qilinişidan 3 kun avval çiqqan! Unda tumanning «Tongotar» massividagi 400 gektar yer, xususan murojaatçi fermerlarning yeri zaxiraga qaytarib olinişi közda tutilgan.
Ikkinçi hujjat esa, Baxmal tuman hokimi M.Anorbayev joriy yilning 27 mayida imzolagan bayonnoma bölib, bu «hujjat»da ham hokimlik özini oqlaş maqsadida «foydalanayotgan» prezident qarori haqida lom-mim deyilmagan.
Maqolada har ikkala hujjat ham tilga olingan va ular tuman rahbarlarining siyosiy irodasi bilan amalga oşirilişiga e'tibor qaratganmiz.
Qolgan «taqdim qilindi» deyilayotgan gaplarning hammasi hokim örinbosarining oğzaki javoblari, xolos. Va u ham bölsa videolavhada joylaştirilgan. Fermerlarning sust va samarasiz işlayotgani haqida Baxmal tuman fermerlar kengaşining xulosasi söralganda, bu hujjat taqdim etilmaganini tasdiqlovçi video va audio yozuvlar Kun.uz da mavjud.
Bundan taşqari, Jizzax viloyati hokimligi saytida e'lon qilingan raddiyada fermerlar foydalanib kelgan elektr energiyasi bilan ta'minlovçi 0,4 kV quvvatda işlovçi elektr uzatiş tarmoği mutlaqo xavfsizlik qoidalariga javob bermasligi aytilgan. Bu Baxmal tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan ötkazilgan monitoringda aniqlanibdi.
Qiziq, elektr uzatiş tarmoğining talabga javob bermasligi fermerning yerini tortib olişga asos bölişi mumkinmi? Unda nega işlatilgan elektr energiyasi uçun yillar davomida tölov qilindiyu, «E, bu yoqda artezian, transformator bormi, fermerlar dalasiga suv olyaptimi» deb birov söramadi?
Yana bir gap. Aslida, fermerlar allaqaçon bu hududda artezian qaziş, elektr energiyasi tortib keliş va qonun doirasida işlaş uçun hujjatlarini tayyorlab bölgan. Önlab taşkilotlarga tölovini qilib, ekspertiza xulosasini ham olib qöygan.
Muammo şundaki, bu hujjatlarni Baxmal tuman hokimi tasdiqlaşni istamagan, xolos.
«Uşbu yer maydonlarida faoliyat olib borayotgan 38 ta fermerlardan 35 tasi istiqbolda amalga oşirilayotgan loyihani qöllab-quvvatlab, qöşma korxona faoliyati rivojlantirilişi uçun öz hissasini qöşişini bildirib, öz taşabbusi bilan yer ijara şartnomasini bekor qilişni söragan» deyiladi Baxmal tumani hokimligi munosabatida.
Biz avvalgi maqolamizda ham yana önga yaqin baxmallik fermerlar yeri noqonuniy tortib olinayotganidan norozi ekanini ma'lum qilgandik. Bu loyiha faqatgina uçta – «Şahboz-Javohir», «Jörabek-Doston dalasi» hamda «Nigora Toğayeva» fermer xöjaliklarning muammosi emas.
Ayni vaqtda bizda yana za'faron ekiş loyihasi bilan «Baxmal çaşmasi», «Doniyorov Abduvahob», «Şerzodbek Usanov», «Yusufbek Diyori», «Avvalboyev Akbarjon» kabi öndan ortiq fermer xöjaliklarning yeri tortib olinayotgani töğrisida murojaat bor. Buni qarangki, ularning barçasi 2019 yilda optimallaştirilgan. Tuman hokimi M.Anorbayevning imzosi bilan ular qayta rasmiylaştirilgan, samarali işlaşiga işonç bildirilgan. Mana, bir yil ötmasdan, fermerlar hosilini yiğib olmasdan turib «samarasiz, noqonuniy işladi», kabi bahonalar bilan yer olib qöyilyapti.
Endi xolis öylang. Bunaqada kim fermerlik qiladi, kim işonç bildirib yerga mablağini tikadi? Biz bölsa, investorlarning yöqligidan noliymiz...
Yana bir muhim ma'lumotga e'tibor qarating: davlat rahbarining 2020 yil 10 aprelda imzolagan qarorida dorivor ösimliklar klasterlariga yer maydoni dorivor ösimliklar yetiştirişga mos bölgan,yuridik va jismoniy şaxslarga ajratilmaganva qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlardan,zaxiradagi yerlardan, şuningdek, lalmi va örmon fondi yerlaridan ajratiladi deyilgan.
Mana şuning özi ham Baxmaldagi bu fermerlarning yerlari tortib olinayotganligida yirik korrupsiya holati mavjud ekanligiga işora qilmayaptimi?
Raddiyadagi eng kulgili holat – Baxmalda 38 ta fermer xöjaligi ayni kunlarda 51 ta iş örni yaratgan, «BMB-OPERA ZAFFERANO» MÇJ 200 nafar doimiy va 3500 nafarmavsumiy iş örni yaratadi, deb da'vo qilinmoqda.
Xolbuki, şu saytda 20 may kuni e'lon qilingan maqolada, «BMB Trade Group» kompaniyasi kuzatuv kengaşi raisi Bekzod Mamatqulov «Loyihaning qiymati 25 million yevroni taşkil etişi, loyiha işga tuşişi natijasida 800 ta doimiy, 20 mingga yaqin mavsumiy işçi örni yaratilişini»ni aytgan.
Qarang, ikki oyda yaratilajak işçi örinlar soni şunçaga kamayibdi. Balki za'faron ekilgunça yaratiladigan işçi örinlar yanada kamayar... va hozir baxmallik fermerlar yaratgan öşa kam sonli iş örinlaridan ham kamroq bölar! Nega hali yöq, mavhum narsa bilan maqtanayapti viloyat rasmiy sayti?
Xulosa örnida: raddiyada Jizzaxda za'faron ekilişi Prezident qarorida körsatib ötilgan, deyilgan katta iddao bor. Vaholanki, aslo unday emas! Fermerlar esa hokimlik ta'riflanganidek «olaböji» emasligi ham ayon bölmoqda. Kamiga, dorivor ösimliklar kimningdir obod qilgan yerida emas, zaxiradagi, lalmi va örmon hududlarda ekilişi belgilab qöyilyapti.
Baxmaldagi vaziyat esa jiddiy. Buni viloyat yoki tuman hokimligi ixtiyoriga taşlab qöyiş – mavjud qonunlarning oyoqosti bölişiga, tadbirkorlarning huquq va manfaatlari yançilib, yer bilan yakson qilinişiga olib keladi.
Vaziyat Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi va boşqa mas'ul idoralar tomonidan örganib çiqilişi zarur.
Qolaversa, bu maşmaşalarni Italiyadagi hamkor – «OPERA SRL» kompaniyasi bilarmikan? Qani, demokratik qadriyatlarga sajda qiladigan italyanlarga ham Özbekistonda mana şunday hamkorlar kerak ekanmi?