Özbekistondagi ğor dunyoning eng çuqur ğorlaridan biri sifatida e'tirof etilişi mumkin. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Ural speleologlar uyuşmasining Rossiya geografik jamiyatining qöllab-quvvatlaşi ostidagi Surxondaryo viloyati Çöli Bair toğli massividagi speleologik ekspeditsiyasi sensatsion natija bilan yakunlandi.
V.Loginov rahbarligi ostidagi A.Vişnevskiy nomidagi ğorda (ÇB-15) ötgan 20 kunlik ekspeditsiya davomida “-1284 metr”lik çuqurlikka erişilgan. Ğorning uzunligi 15 kilometrni taşkil qilgan. Çöli Bairdagi uşbu ğor suv bosgan galereyadan boşlanib, 20 metrlik quduq bilan tugaydi.

Topografik s'yemka şuni körsatdiki, ğor bugungi kunda Özbekistondagi va umuman Markaziy Osiyodagi eng çuqur ğor hisoblangan, 1415 m amplitudaga yetgan Boy-Buloqqa juda yaqin keldi.
Bu ikki ğorning birlaşuvi fenomenal çuqurlik – 2 kilometrdan ortiqni qayd etadi va bu uni A.Verevkin (2212m) hamda Kruber (2197m) ğorlaridan keyin dunyoning uçinçi eng çuqur ğoriga aylantiradi.
Nazariy jihatdan massivning salohiyati yuqorida yangi ğorlarning aniqlanişi hamda ularning bir ulkan tizimga aylanişi hisobiga çuqurligi jihatidan jahon rekordini örnatiş imkonini yaratadi.
Ğorlardagi tadqiqotlar 2020 yilda davom ettiriladi.

















