O‘zbekiston | 10:40 / 29.08.2019
33809
2 daqiqa o‘qiladi

Qurilish vazirligiga yangi rahbar nomzodi deputatlar tomonidan ma'qullandi

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga yangi rahbar nomzodi deputatlar tomonidan ma'qullandi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, Hukumat a'zoligiga tayinlanayotgan nomzodni ko‘rib chiqdilar. Bu gal quyi palatada O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri lavozimiga nomzod muhokamasi o‘tkazildi.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Erkinovich Zokirov nomzodini ma'qullashdi.

Botir Zokirov 2018 yil aprelidan buyon vazirlikda vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlangani munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.

Ma'lumot uchun, 1963 yilda tug‘ilgan Botir Zokirov 16 yil davomida Toshkent shahridagi «Trest-12» qurilish kompaniyasiga rahbarlik qilgan, 2011 yilda bosh vazir o‘rinbosariga aylangan (Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari), Qurilish vaziri o‘rinbosari bo‘lishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan.

Mavzuga oid