Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligiga yangi rahbar nomzodi deputatlar tomonidan ma'qullandi. Bu haqda «Yuksaliş» umummilliy harakati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, Hukumat a'zoligiga tayinlanayotgan nomzodni körib çiqdilar. Bu gal quyi palatada Özbekiston Respublikasi quriliş vaziri lavozimiga nomzod muhokamasi ötkazildi.
Deputatlar Özbekiston Respublikasi quriliş vaziri lavozimiga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Erkinoviç Zokirov nomzodini ma'qullaşdi.

Botir Zokirov 2018 yil aprelidan buyon vazirlikda vazirning birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Abduqahhor Töxtayev Şayxontohur tumani hokimi etib tayinlangani munosabati bilan uşbu lavozim vakant bölib turgan edi.
Ma'lumot uçun, 1963 yilda tuğilgan Botir Zokirov 16 yil davomida Toşkent şahridagi «Trest-12» quriliş kompaniyasiga rahbarlik qilgan, 2011 yilda boş vazir örinbosariga aylangan (Kommunal soha, transport, kapital quriliş va quriliş industriyasi masalalari kompleksi rahbari), Quriliş vaziri örinbosari bölişdan oldin Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi sifatida işlagan.











