28 avgust oqshomida Yevropa Chempionlar Ligasida pley-offning so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan mavsum yarimfinalchisi «Ayaks» o‘z uyida Kiprning APOEL klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra (amsterdamliklar safarda 0:0 hisobida durang natijaga erishgandi) guruh bosqichiga yo‘l oldi. Chexiyaning «Slaviya» va Belgiyaning «Bryugge» klublari ham mos ravishda ChFR (1:0, 1:0) va LASK (1:0, 2:1) klublari to‘sig‘idan o‘tib, guruh bosqichida ishtirok etadigan bo‘lishdi. 27 avgust kuni javob uchrashuvlari natijasiga ko‘ra, «Olimpiakos» «Krasnodar»ni (4:0, 2:1), «Tsrvena Zvezda» «Yang Boyz»ni (2:2, 1:1) va «Dinamo» Zagreb «Rusenborg»ni (2:0, 1:1) mag‘lub etgandi.

Shu tariqa, Chempionlar ligasi-2019/20 mavsumida ishtirok etadigan barcha 32 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

Saralash pley-offida javob o‘yinlaridan keyin «Olimpiakos», «Tsrvena Zvezda», Zagrebning «Dinamo», «Ayaks», «Bryugge» va Praganing «Slaviya» klubi ham ishtirokchilar qatoriga qo‘shildi.

Qur'a arafasida jamoalar quyidagicha savatchalarga taqsimlanadi:

Birinchi savatcha: «Liverpul», «Chelsi», «Barselona», «Manchester Siti», «Yuventus», «Bavariya», «PSJ», «Zenit»;

Ikkinchi savatcha: «Real», «Atletiko», «Borussiya» Dortmund, «Napoli», «Shaxtyor», «Tottenhem», «Benfika», «Ayaks»;

Uchinchi savatcha: «Lion», «Bayyer», «Zalsburg», «Olimpiakos», «Valensiya», «Inter», «Dinamo» Zagreb, «Bryugge»;

To‘rtinchi savatcha: «Lokomotiv», «Genk», «Galatasaroy», «Leypsig», «Slaviya», «Tsrvena Zvezda», «Atalanta», «Lill».

Bugun Monakoda Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu marosim Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Chempionlar ligasi
Pley-off raundi
Javob o‘yinlari

«Rusenborg» (Norvegiya) – «Dinamo» Zagreb (Xorvatiya) 1:1 (1:0, 0:1)
27 avgust, «Lerkendal»